20:53
Homiladorlik yuz berganini qanday bilsa bo'ladi?

Urug'lanish yuz berganini tezroq bilish imkoni bormi? Homiladorlik bo'lganini xis etish mumkinmi?

Homilador bo'lishni orzu qiladigan ayollar agar uzoq muddat davomida maqsadiga erisha olmayotgan bo'lsalar, o'z organizmiga quloq soladigan va uning har bir o'zgarishiga kuchli e'tibor qaratadigan bo'lib qoladilar. Oddiy bosh og'riqni ham bunday ayollar homiladorlik belgisiga aylantirishni xohlaydilar.

Organizmda bo'layotgan urug'lanish jarayonini his etish mumkinmi?

Homilador ayollarning deyarli 80% bu savolga yo'q deb javob beradilar. Lekin qolgan 20% ayollar aynan urug'lanish sodir bo'lgan kuni organizmida qandaydur o'ziga xos o'zgarishlar yuz berganini ta'kidlaydilar.
Urug'lanish jarayoni hayz siklining o'rtalarida sodir bo'lgan bo'lsa, uni haqiqiy natijasini faqat keyingi hayz sikli boshlanish davrida homiladorlik testi yoki qon analizi orqali bilsa bo'ladi. Ungacha o'tadigan 10-14 kun ayol uchun o'ta uzundek tuyuladi. Chunki aynan shu 10-14 kunda organizmda nima bo'layotganini hech qanday analiz ko'rsata olmaydi.
Hissiyotlar-chi?
Tibbiyotning ta'kidlashicha, ayol hech qachon urug'lanish jarayonini his eta olmaydi. Chunki ayol tuxumi erkak spermatozoidi bilan uchrashgandan so'ng 6-7 kun o'tgandagina zigota(urug'langan tuxum) bachadonga kelib tushadi. Ana shundan keyin homiladorlik davri boshlanishi mumkin. Bu muddat ichida zigota ma'lum sabablarga ko'ra o'z manziliga yetib bormasligi yoki bachadonda nobud bo'lishi ham mumkin. Buni ham ayol his eta olmaydi, u shunchaki bir necha kundan so'ng keyingi hayz siklini ko'radi.
Ba'zi ayollarda urug'langan tuxum bachadonga joylashganida(implantasiya) oz miqdorda qon ajralmalarini keltirib chiqaradi. Bu ajralmalar o'ta kam miqdorda va 1-2 kun davomida namoyon bo'ladi. Mana shu holat homiladorlik boshlanganidan dalolat berishi va uni ayol hech qanday analizsiz o'zi ko'rishi mumkin. Keyingi hayz sikliga qadar bundan boshqa hech qanday
homiladorlik alomati ayolda yuzaga chiqmaydi.

Lekin hayz sikli o' rtalarida ayolda qon ajralmalari bo' lishi faqat implantasiya yuz bergani dalolati emas, bunga yana ko' plab
homiladorlik bilan bog' liq bo' lmagan faktorlar sabab bo' lishi mumkin.

Tuxum urug'lanib bachadonga implantasiya bo'lgach bir necha kundan so'ng keyingi hayz sikli boshlanadigan davr keladi. Ana shundan so'nggina ayolda bosh aylanish, ko'ngil aynash, bosh og'rishi, kayfiyat o'zgaruvchanligi va boshqa homiladorlikning ilk alomatlari namoyon bo'lishi mumkin.

Yuqorida ta'kidlaganimizdek ba'zi ayollar urug'lanish payti qandaydur og'riqlar sezganini yoki bo'lmasa organizmidagi biron o'zgarishlar haqida aytib beradilar, lekin bu ularning psixologik ishonchidir, xolos. Ular tezroq homilador bo'lib, bu hissiyotni boshidan o'tkazishni xohlaganlari uchun shunday hayolga boradilar. Ular aldamaydi, haqiqattan bir nimalar sezgandek bo'ladilar. Lekin bu yolg'onchi tuyg'ular. Ular ayolning kuchli xohishi natijasida yuz beradi. Urug'lanish jarayoni bu oddiy qilib aytganda hujayra bo'linishidir. Bu mikroskopik jarayonni jismonan his qilib bo'lmaydi.
Manba: uzbaby.uz
Просмотров: 1956 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Qaysi bo'limlarni sevib mutolaa qilasiz ?
Всего ответов: 11
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama