Jinsiy munosabatlar haqidagi 10 ta sir

Chorshanba17:34


Jinsiy aloqa er-xotin munosabatlarida eng asosiy hisoblanmasa ham, u juda muhimdir. Oiladagi totuvlik ham jinsiy munosabatlarda muammo bo'lmasligiga bog'liq.
Afsus, yillar o'tib, 10-15 yil birga yashagan er-xotinda jinsiy munosabatlar o'z boyligi, ehtirosi, kuchi va romantikasini yo'qotib boradi. Qanday qilib bunga yo'l qo'ymaslik mumkin?

Jinsiy aloqa asosiy bo'lmasa ham, u bo'lmasligi yaxshi emas.

Er-xotin har kuni yoki har ikki kunda jinsiy aloqa qilishi shart emas. Umuman aloqalar haftada necha marta bo'lishi emas, ularning er-xotin uchun yetarli bo'lishi muhim. Jismoniy yaqinlik natijasida ruhiy yaqinlik ham kuchayadi. Agar er-xotin borgan sari kamroq jismoniy aloqada bo'lsa, ular orasida ruhiy uzoqlashuv paydo bo'la boshlaydi, bu esa o'z navbatida yana jismoniy sovuqlikka olib keladi.

Bir-biringizni nafaqat tunda, balki kun mobaynida erkalash haqida unutmang.

Kopincha juftliklar jismoniy yaqinlashuvni faqat jinsiy aloqadan oldin amalga oshiradilar. Agar yaqin daqiqalarda jinsiy munosabatga imkoniyat bo'lmasa, demak bir-birini tegish, silash, erkalash ham mumkin emasdek tuyuladi. Psixolgolarning fikricha, kun mobaynida natijasi jinsiy aloqa bo'lmasa ham, er-xotin bir-birini erkalab turishi ular orasidagi jismoniy yaqinlikni kuchayishiga olib kelar ekan.

Biron xafagarchilikdan so'ng yarashish jinsiy aloqa bilan yakunlansin.

Qattiq kelishmovchilik natijasida er-xotin xa ... Читать дальше »

Erkakning qoniqishi!

Chorshanba17:15


Uning mohiyati nimada?
Tabiatan jinsiy aloqa erkak uchun jismoniy ehtiyojdir. Erkakning gormonal va jismoniy holatiga bog'liq ravishda bu ehtiyoj kuchli, normal va sust bo'lishi mumkin. Agar hayvonot olamida jinsiy aloqa nasl qoldirish uchun ro'y bersa, insoniyatda jismoniy lazzatlanish va ruhiy qoniqish uchun ham amalga oshiriladi.
Erkak uchun har bir aloqa orgazm bilan yakunlanadi. Ayoldan farqli o'laroq erkakda u aloqaning oxiridagina namoyon bo'ladi. Ayolda esa butun jarayon hissiyotga boy bo'lishi mumkin. Aynan mana shu farq erkakni aloqadan ruhiy qoniqishi shart ekanligini ko'rsatadi.

Bu nima degani?
Ayol har safar ham aloqadan lazzatlana olmaydi. Buning uchun uning va erining bunga qo'shgan hissasi bo'lishi kerak.
Erkak orgazmi uchun esa aloqani yakunlashdan boshqa hech qanday qo'shimcha harakat talab etilmaydi. Ya'ni yonida qanday ayol bo'lmasin, go'zalmi yo'qmi, mahorati bormi mahoratsizmi, erkak baribir aloqa natijasida jismonan qoniqadi. Nega unda ba'zida u qoniqmagandek bo'ladi? Sababi, unga ruhiy qoniqish ham kerak.
Jismoniy qoniqish unga yetarli emas, ayolga ham erkakka ham jinsiy aloqadan ruhiy qoniqish talab etiladi. Aynan shu ruhiy qoniqishni o'z ayolida topa olmagan erkak boshqa jinsiy munosabatlarni izlashni boshlaydi.

Ruhiy qoniqishni erkakka nima beradi?
Ayoli! Aloqa davomida erkak ruhan qoniqishi uchun ayolining ozg'in-to'laligi, go'zalligi, kelishganligi hech qanday ... Читать дальше »

Turmushimdan charchadim

Chorshanba17:09


Shunday ham bo'lib turadi...Ajrashish?
Yo'q, hech qachon ajrashishga shoshilmang, bu haqda hatto o'ylamang ham. Chunki turmushdagi muammolarni bartaraf etish mumkin va kerak, bu faqat sizning qo'lingizda!

Qanday qilib?
Hech bir turmush muammosiz bo'lmaydi. Istaymizmi yo'qmi, lekin har bir juftlikda bir davr boladi-ki, ular bir-biridan yiroqroq bo'lishga intilib qoladilar. Kimdadir bu hissiyot kuchli namoyon bo'lsa, kimdadir(baxtliroq juftliklarda) bu holat bir necha kun davom etadi. Nima bo'lganda ham turmushdan charchagan payt hammada bo'ladi. Bu degani siz baxtsiz emas, siz biroz dangasalik qilyapsiz deganidir. Erkak bo'lsangiz, yaxshi pul topib ishlayotgan bo'lishingiz mumkin, ayol bo'lsangiz, oshxona ishlarini bir maronda olib borayotgan bo'lishingiz mumkin, lekin turmushingizdan charchayapsizmi, demak o'z hayotingiz ustida ishlashga dangasalik qilayotganingiz aniq.

Turmush esa, ayniqsa baxtli turmush tinmay mehnatni talab qiladi. Munosabatlar ustidagi mehnat!
Bir eslang, siz turmushga chiqqaningizda yoki o'ylanayotganingzida qanday edingiz? Turmush o'rtog'ingiz qanday edi? Nahotki yillar o'tib siz yoki turmush o'rtog'ingiz o'sha-o'sha bo'lib qolaverasizlar, deb o'ylasangiz? Yoki undan yomoni nega turmush o'rtog'im boshida bo'lgani kabi emas deb nolib yurgan bo'lsangiz?. Shuni bilingki, siz hatto ideal insonga turmushga chiqqan yoki o'ylangan bo'lsangiz ham turmushingizni baxtli qilish ustida ishlamasangi ... Читать дальше »

Tuqqandan so'ng qorinni bog'lab olish natijasi

Chorshanba16:55


Onalarimizning ta'kidlashicha, tuqqan ayol belini (qornini) bog'lab olsa, birinchidan beli og'rimas, ikkinchidan qorni osilib qolmas ekan.
Bu haqda biron aniq tadqiqot mavjud emas. Undan tashqari shifokorlarning ta'kidlashicha uzoq vaqt mobaynida belni bog'lab yursa, bel mushaklari bo'shashib qoladi va belbog' yechilganidan so'ng og'rishi mumkin.
Darhaqiqat, ba'zida ota-bobolarimizdan qolgan odatlar minglab tadqiqotlardan ustunroq bo'la olarkan. Xususan, tuqqandan so'ng belni bog'lash haqidagi odat. Tuqqandan so'ng belni bog'lab yurish juda kerak ekan!
Tuqqandan so'ng ayol bachadoni 1-3 kun mobaynida keskin qisqarib undan ko'p miqdorda qon ajralishi kuzatiladi. Shu davr o'tgach, Ultra tovushli diagnostika bachadonda hech qanday qoldiq yo'qligini tasdiqlagach, bemalol qorinni bog'lab olish mumkin.
Qorinni har kuni, iloji bo'lsa tunda ham qattiq bog'lab olish kerak.
Bog'lov qattiq bo'z yoki cho'zilib ketmaydigan chitdan bo'lishi lozim. Razmeri bir choyshapchalik bo'ladi. Uni engli(20-25 sm) qilib taxlab belbog' shakliga keltirasiz. So'ng qalin tomonini qoringa qo'yib, bel tomondan bitta o'girib yana qoringa keltirib qattiq bo'glab olasiz






... Читать дальше »

Tuqqandan so'ng homiladorlikdan saqlanish usullari

Chorshanba16:53


Qo'lda chaqaloq bilan yangi homiladorlikdan saqlanish masalasiga jiddiy yondashish lozim. Bu onaning sog'lig'i uchun, o'sayotgan chaqaloqning jismoniy va ruhiy rivojlanishi uchun ham muhimdir.
1. Eng ishonarlik va bezarar usul bu prezervativdir. U foydalanishda qulay, erkak yoki ayol salomatligiga, hatto emayotgan bola salomatligiga ham hech qanday salbiy ta'sir ko'rsatmaydigan deyarli 99% samaraga ega bo'lgan saqlanish usulidir. U nafaqat rejalashtirilmagan homiladorlikdan, balki ko'plab jinsiy kasalliklardan ham himoya qiladi.
2. Gormonal kontrasepsiya vositalari. Bola tug'ilgach kamida 6 haftadan so'ng foydalanish mumkin. Ba'zi tadqiqotlarning ta'kidlashicha, emayotgan bola salomatligiga salbiy ta'siri mavjud emas. Lekin gormonal tabletkalar tufayli onada vazn oshishi, ba'zida bosh og'rishi kuzatilishi mumkin. Kam hollarda uzoq vaqt davomida qabul qilingan gormonal vositalar ko'krak saratoniga moyilligi bor ayollarda saraton kasalligini qo'zg'atib yuborishi mumkin. Undan tashqari gormonal tabletkalar qabul qilishning kamchiligi shundaki, ularni har kuni bir vaqtda o'tkazib yubormay ichish shart. Aks holda, homiladorlikdan saqlash samarasi pasayadi va onaning gormonal salomatligi buziladi.
3. Bachadon ichi vositalari. Ular mexanik va gormonal turlarga bo'linadi. Gormonal turining samarasi va ta'siri gormonal tabletka singari namoyon bo'ladi. Mexanik vositalar homiladorlikdan 98%ga saqlaydi, lekin ba'zi ayollarda bachadon yallig'lanishini keltirib chiqar ... Читать дальше »

O'zbek ayoli turlari - siz qaysi birisiz?

Dushanba23:34


Turmushda o'zbek ayolini bir nechta turga ajratib ko'rsa bo'ladi.

1. Kelin ayol
Bu kabi ayollar yoshligidan faqat kelin bo'lishga o'rgatiladi. Ular uchun qaynona-qaynotaga xizmat qilish hayotda birinchi o'rinda turadi. Bolasi yig'lab turgan bo'lsa ham, qaynonasi aytgan chuchvarani qilib qo'yish bunday ayollar uchun eng birlamchi vazifadir. Turmush o'rto'giga ham qaynona-qaynotasining o'g'lidek qaraydi. Ya'ni, erining ehtiyoji qaynona-qaynotasining ehtiyojidan kelib chiqqan holda baholanadi. "Kelin" ayol turmush o'rto'gi bilan alohida chiqib ketsa, turmushida kelishmovchiliklar ko'payadi, chunki bu ayollar qaynona-qaynotalik uyda yashashga moslashgan. Ularning eri boshida ota-onamga yaxshi xizmat qilyapti deb xursand bo'lsa, borib-borib o'ziga va farzandlarga bo'lgan bee'tiborlikdan nolishni boshlaydi.

2. Tili shirin ayol
Bunday ayollar tili bilan hammani o'ziga qaratay oladi. Uyning kirligi, bolalarning muammolari, ovqatning bemazaligi ayolning shirin tili bilan qoplanib ketadi. Ularni urishgan taqdirda ham uydagi vaziyat o'zgarmaydi, lekin og'zidan bol tomib, "ho'p bo'ladi" degan gapi bu kabi ayollarga hamma narsani kechirishga undaydi. Ular uy ishiga yo'q, farzandlari tarbiyasiga befarq bo'ladilar. Bu kabi vazifalar asosan erining bo'ynida bo'ladi. Eri esa "tili shirin" ayolining shirin so'ziga mahliyo bo'lib hamma ishni o'z bo'ynida ko'tarib kun kechiradi. Bunday erkaklar odatda ishda katta muvaffaqaiyatlarga erisha olm ... Читать дальше »

Erkak bepushtliligining asosiy sabablari

Dushanba23:29


Juftlikda bir necha yil davomida farzand tug'ilmayotgan bo'lsa, u holda ayolni ham erkakni ham birdek tekshirtirmoq lozim.
Erkak bepushtligiga olib keluvchi asosiy, keng tarqalgan omillar:
Spermotozoid soni kamligi
Spermotozoid harakatining sustligi
Varikotsele
Tuxumning normal holatda turmasligi (pastga to'liq tushmagan tuxumlar)
Tashqi muhitdagi xenoestrogen moddasining ortiqcha ta'siridan kimyoviy zaharlanish
TORCH infeksiyalar
Endokrin kasalliklar
Tug'ma nuqsonlar
Siydik yo'llaridagi notog'ri struktura
Oqsil yetishmoqvchiligi

Homiladorlik yuz berganini qanday bilsa bo'ladi?

Juma20:53


Urug'lanish yuz berganini tezroq bilish imkoni bormi? Homiladorlik bo'lganini xis etish mumkinmi?

Homilador bo'lishni orzu qiladigan ayollar agar uzoq muddat davomida maqsadiga erisha olmayotgan bo'lsalar, o'z organizmiga quloq soladigan va uning har bir o'zgarishiga kuchli e'tibor qaratadigan bo'lib qoladilar. Oddiy bosh og'riqni ham bunday ayollar homiladorlik belgisiga aylantirishni xohlaydilar.

Organizmda bo'layotgan urug'lanish jarayonini his etish mumkinmi?

Homilador ayollarning deyarli 80% bu savolga yo'q deb javob beradilar. Lekin qolgan 20% ayollar aynan urug'lanish sodir bo'lgan kuni organizmida qandaydur o'ziga xos o'zgarishlar yuz berganini ta'kidlaydilar.
Urug'lanish jarayoni hayz siklining o'rtalarida sodir bo'lgan bo'lsa, uni haqiqiy natijasini faqat keyingi hayz sikli boshlanish davrida homiladorlik testi yoki qon analizi orqali bilsa bo'ladi. Ungacha o'tadigan 10-14 kun ayol uchun o'ta uzundek tuyuladi. Chunki aynan shu 10-14 kunda organizmda nima bo'layotganini hech qanday analiz ko'rsata olmaydi.
Hissiyotlar-chi?
Tibbiyotning ta'kidlashicha, ayol hech qachon urug'lanish jarayonini his eta olmaydi. Chunki ayol tuxumi erkak spermatozoidi bilan uchrashgandan so'ng 6-7 kun o'tgandagina zigota(urug'langan tuxum) bachadonga kelib tushadi. Ana shundan keyin homiladorlik davri boshlanishi mumkin. Bu muddat ichida zigota ma'lum sabablarga ko'ra o'z manziliga yetib bormasligi yoki bachadonda nobud bo'lishi h ... Читать дальше »

Танловингиз феълингиздан сўзлайди

Chorshanba01:31


Гоҳида феълимизга ўзимиз ҳам тушунмай қоламиз. Эътиборингизга тақдим этилаётган тест эса сизнинг ўзингизга хос томонингиз ҳақида сўзлайди. Шарти оддий — суратдаги креслоларга диққат билан қараб, фақат биттасини танланг ва унга берилган таърифни ўқинг.

Ишчан

1.
Офисбоп креслони танлаганингизга қараганда, ишга муккасидан кетганлар тоифасидансиз. Албатта, меҳнаткашлик яхши сифат. Аммо ишга муносабатингиз соғломми ёки бор аламингизни шу йўл билан чиқараяпсизми? Айни пайтда зерикарли ва оғир иш билан шуғулланаётган бўлсангиз ҳам, ажабмас. Балким таътилга чиқиш, иш тартибига янгилик киритиш, умуман йўналишни ўзгартириш ҳақида ҳам ўйлаб кўрарсиз? Ўз фикрингизни айтишдан чўчимаслигингиз эътиборга молик. Фақат қаерда, қайси вазиятда — шунга диққат қилинг.

Хаёлпараст

2.
Айни пайтда, очиқ айвонда, оромкурсида ўтирганча хаёл суришни истаяпсиз ҳойнаҳой. Аслида ҳам сиз кун давомида бир жойдан қимир этмасдан, ҳеч нима қилмасдан хаёллар уммонига шўнғишингиз мумкин. Романтик, ижодкор ва орзуманд инсонсиз. Сизнинг ўйларингиз, истакларингиз чегара билмайди. Гоҳида реал ҳаётни унутиб ҳам қўясиз. Мувозанатни топишингиз керак. Масалан, хаёлингизга келган фикрларни дафтарчага қайд қилишни бошланг. Шунда улар реал ҳаётга кўчиб, натижа кўрсата бошлайди. Оламшумул ғояларга муаллифлик қилсангиз, зўр-ку!

Руҳшунос

3.
Тебранма ўриндиқни танлаганлар табиатан руҳшунос бўлишади. Улар қаршисидаги кишини жон қуло ... Читать дальше »

Erkakning muddatidan oldin chiqarib yuborishi

Shanba00:28


Erkakning muddatidan oldin chiqarib yuborishiga nima sabab bo'ladi?
Asosiylariga to'xtalsak, bu prostata bezi kasalliklari, ba'zi dori-vositalar ta'siri, depressiya , psixologik kuchsizlik, o'ta sezuvchanlik.

Erkakning muddatidan oldin tugatishi holatini davolash yo'llari:
Agar bunga sabab jismoniy muammo bo'lsa, u holda u dori-vositalari bilan davolanadi.

Muammo faqat erkak psixologik holatida bo'lsa, u holda psixoterapiya yoki boshqa mexanik davolash yo'llari qo'llaniladi.
Erkakning muddatidan oldin chiqarib yuborishi bilan
bepushtlik ning aloqasi bormi?
Albatta. Agar erkak spermatozoidlari ayol qiniga kira olmasa, homiladorlik yuz bera olmaydi.

Homiladorlikdan saqlanish vositasi sifatida tashqariga chiqarishning zarari yo'qmi?
Zarari bor. Saqlanish vositasi sifatida bunday yo'ldan uzoq vaqt mobaynida foydalanish kelajakda eraksil disfunksiya va boshqa noxush jinsiy holatlarga olib kelishi mumkin.

Erkakning muddatidan oldin chiqarib yuborish holati o'zi o'tib ketadimi yoki shifokorga uchrash zarurmi?
Agar bu holat yilda 1-2 marta yuz berayotgan bo'lsa, unga ahamiyat bermasa ham bo'ladi. Lekin har jinsiy aloqa shunday yakunlanayotgan bo'lsa, u holda urologga uchrab sababini bilib vaqtida davolanish tavsiya etiladi.

Spermotozoid kuchini oshiramiz

Shanba00:25


Spermotozoid qanchalik kuchli bo'lsa, erkakning jinsiy salomatligi ham shunchalik kuchli bo'ladi.

1. Shakarni iste'mol qilishni kamaytirib, meva va sabzavotlarni ko'paytiramiz;
2. Kofein (kofe va achchiq choy)ni kamroq ichamiz;
3. Koka-kola va shu kabi ichimliklardan voz kechamiz;
4. Qizil rangdagi meva va sabzavotlar(pomidor, qulupnay, qizil bulg'ur qalampiri, olcha, gilos)ni ko'proq yeymiz;
5. Sarimsoq piyozini ko'p yeymiz;
6. Goji reza mevasi(zirk)ni yeb turamiz;
7. Iloji bo'lsa, ustritsa dengiz mahsulotini ko'p yeymiz;
8. Qora shokoladni iste'mol qilamiz;
9. Banandan ko'proq yeymiz;
10. Sarsabil o'simligidan yeymiz;
11. Yong'oq va danaklarni har kuni iste'mol qilamiz;
12. Qovoq pisatasini ham yeyish lozim;
13. Soya mahsulotlarini yemaymiz;
14. Sabzavotlardan ko'proq yeymiz;
15. Suyuqlik ko'p ichamiz;
16. Foliya kislotasini qabul qilib yuramiz;
17. Zinc vitamini ichamiz;
18. Vitamin E 400mg qabul qilamiz;
19. Jenshen ildizidan tayyorlangan vitamin qabul qilamiz;
20. Steroid va anaboliklardan mutlaqo voz kechamiz.

Yuqoridagi yeyish tavsiya etilgan mahsulotlarni muntazam ravishda iste'mol qilish spermatozoid soni vi sifati oshishiga olib kelishi tadqiqodlar tomonidan tasdiqlangan.

Spermotozoid yangilanishi uchun 10-12 hafta talab etiladi. Demak, natija bo'lishi uchun yuqoridagi tavsiyalarni kamida 3 oy dav ... Читать дальше »

Qizlik pardasi — qanday olinishi, bokiralik pardasi haqida ma’lumot, tiklash usullari

Seshanba22:56


Qizlik pardasini olish tibbiyot tilida
defloratsiya (lot. de «olib tashlash, bartaraf etish» + flos, floris «gul, yoshlik, bokiralik», qizlikni olish ) deb ataladi. Qizlik pardasi birinchi jinsiy aloqada olinishi mumkin. Parda cho’ziladi va agar kiritilish qo’pol ravishda, tabiiy yoki sun’iy ishqalanishni kamaytiruvchi suyuqliklar kamligida amalga oshirilsa, pardada mikroyoriqlar paydo bo’ladi va u qonaydi, lekin uning o’zi o’zgarishsiz qoladi. Shuningdek yoriqlardan qochish ham mumkin, shunda birinchi jinsiy aloqa qon ketishsiz o’tadi. Qizlik pardasi olinishi ikki aspektdan (jihat, nuqati nazar) iborat: fiziologik va psixologik.

Fizologik aspekt

Defloratsiya manbalari va mexanizmlari. Tasnif A. N. Samoylichenko bo’yicha tuzlgan.

1 Jinsiy aloqa qilish vaqtida - Jinsiy olatni qinga kiritish
2 Boshqa harakatlarni amalga oshirishda - Qinga qo’l barmoqlari, boshqa yot jismlarni kirishda
3 Tug’ruq davomida - Homilaning tug’ruq yo’llaridan o’tishi
4 Tibbiy manipulyatsiyalarda - Jarrohlik aralashuvlari, abort qilish, tibbiy asboblarni kiritish
5 Tasodifiy shikastlanishlarda - Qichish, masturbatsiya davomida o’z barmoqlari bilan
6 Umumiy mexanik jarohatda - Tos jarohati
7 Ba’zi holatlar va vaziyatlarda - O’tkir yoki o’tmas predmetlarga tasodifan urilib ketish

Ba’zida qizlik pardasi tug’ma mavjud bo’lmasligi mumkin.

Bundan tashqari, sun’iy defloratsiya — qizl ... Читать дальше »

Ayolning tunda qiladigan asosiy xatosi

Shanba00:29


Erni tunda xursand qilish bu ayolning vazifasi. Jinsiy aloqa sifatli va yoqimli bo'lishi uchun ayol ham, erkak ham birdek izlanish va harakatda bo'lishi lozim. Barcha mas'uliyat erkakda deb o'ylamang, aziz ayollar...

Ayollar tunda qiladigan xatolarning aksariyati bilan tanishib o'tamiz:

1. "Men 'qimirlamay' yotsam ham bo'ladi. Erim hammasini o'zi bajaradi" degan fikrda bo'lsangiz, adashasiz. Erkak jinsiy aloqa jarayonida ayolini hissiyotlarini ko'rishni, sezishni istaydi. Erkak "qimirlamay" yotgan ayoli o'ziga, qilayotgan harakatlariga va jinsiy aloqaga nisbatan befarq ekan deb o'ylaydi. Tinch yotib aloqani tugashini kutmay, o'z tuyg'ularingizni, xohish va ehtiyojlaringizni namoyon eting. Ayolini erkalayotgan erkak unga yoqimli ekanini sezishi lozim.

2. Suhbatlashish uchun boshqa vaqt toping. Eringiz sizni aloqaga undab erkalashni boshlaganda suhbatlashish niyatingizni uzoqroqqa surib qo'ying. Farzandingiz bugun maktabda "5" baho olgani haqida aloqadan keyin ham suhbatlashsa bo'ladi. Erkalash va jinsiy aloqa davomida esa butun xayolingz va fikringiz aynan eringizda va uning harakatlarida bo'lsin. Bundan o'zingiz yutasiz.

3. Birga bo'lishdan oldin pardoz qilmang. Ayolning go'zalligi uning tabiiyligidadir. Pomada, pudra, tush kabilar sizga to'shakda go'zallik qo'shib bermaydi. Ularni restoranga borishga ishlatish uchun olib qo'ying. To'shakda esa eringizga toza, xushboy va tabiiy bo'lib olsangiz yoqimliroq ... Читать дальше »

Er va xotin orasidagi tushunmovchiliklarni bartaraf etish

Shanba00:26


Oiladagi kelishmovchiliklarning kelib chiqishi er va xotin bir birini tushunmasligidadir. Deyarli hamma er-xotin muntazam ravishda bir biriga arazlashib turadi. Nega birga yashaydigan ikki insonga bir birini tushunish shunchalik qiyin? Oilada totuvlik, ahillik bo'lishi uchun nima qilish kerak? Bu haqda bizga dunyoga mashhur kitob muallifi, psixolog psixolog Gerri Chempen so'zlab beradi.
Bu savolga javob juda oson. Er va xotin bir tilda gaplashish kerak. Biz hozir o'zbek tili haqida gapirayotganimiz yo'q. Biz nazarda tutayotgan til bu psixologik tildir. Uning 5 turi mavjud. Ko'pincha er psixologik tilning bir turida gaplashayotgan bo'lsa, xotini esa boshqa tilda gaplashayotgan bo'ladi, bu esa ular orasida tushunmovchilikni yaratadi.

Psixologik tilning 5 turi:

1. Rag'batlantirish


Ayrim insonlar rag'batlantirish, maqtov yoki stimulyatsiyaga muhtoj bo'ladilar. Misol uchun, er yangi biznes boshladi. U har kuni tinmay ishlamoqda, izlanmoqda, yangi biznesni oyoqqa turg'azish maqsadida harakat qilmoqda. Har kuni uyga kech kelsa ham, bollari bilan dars qiladi, ularni uxlatadi, keyin esa xotini bilan gaplashib o'tiradi. Xotini eri charchayotganini ko'rib unga mazali taomlar pishiradi, kechqurun esa erim dam olish kerak deb, uni bezovta qilmay kirib yotadi. Lekin, negadir eri xafa, xomush ko'rinadi. Nega? Bir ko'rinishdan hammasi yaxshiga o'xshaydi-ku, ammo unday emas. Eri maqtov, minnatdorchilik, rag'batlantirish so'zlarini birontasi ... Читать дальше »

Nega erkaklar xiyonat qiladilar? (sabab va yechim)

Shanba00:07


Har bir ayol eri (suyukli yori) xiyonat qilishini istamaydi. Erkak xiyonat qilishiga nima sabab bo'larkan? Qanday qilib buni oldini olish mumkin? Albatta hamma erkak ham xiyonat qilmaydi. Xiyonat qilganlar esa xotinini sevmaydi degan gap ham emas. Erkakni xiyonat qilishiga nima turtki bo'ladi:

1. Jismoniy holati
Erkakning jinsiy aloqaga bo'lgan ehtiyoji uning organizmidagi testosteron gormoniga bog'liq. Bu garmon qanchalik ko'p ishlab chiqilsa, erkakning jinsiy aloqaga ehtiyoji shunchalik yuqori bo'ladi. Ana shunday yuqori ehtiyojli erkaklar o'z xotini bilan ehtiyojini qondirolmay, boshqa ayollar bilan aloqaga kirishadi.
Xotin nima qilishi mumkin: bunday erkaklarni jismonan jinsiy aloqada ehtiyoji katta bo'lgani uchun, ayoli uni doim qondirishga tayyor bo'lishi kerak. Erkakning ehtiyoji yuqori ekanligini qanday qilib bilsa bo'ladi? Ko'pincha bunday erkaklar turmush qurilganiga bir necha yil o'tganiga qaramay, jinsiy aloqani har kuni, yoki kunda bir necha bor istaydilar. Ular ko'pincha past bo'ylik, badanida tuki ko'p bo'lgan bo'ladi. Bunday erkaklar vaqtida ehtiyojlarini qondirmasalar jismonan qiynaladilar.

2. O'zidan ranjish
Agar ayol kishi erining qadrini bilmay, eriga minnatdor bo'lishni bilmay, doim muammolar haqida gapirib nolaversa, erkak siqilib, men ayol kishini baxtiyor eta olmas ekanman deb o'zidan ranjiydi. Shu payt boshqa bir ayol uning harakatlarini, arzimagan ishlarini maqtab, u erkakni ruhan ko ... Читать дальше »

Jinsiy aloqa jarayonida ayollarda og'riq

Shanba00:01


Jinsiy aloqa davomida ayollarning jinsiy a'zolarida kuzatiladigan og'riq dispaunareya deb ataladi. Og'riq oldidagi qo'rquv (masalan, homiladorlik davrida) ayollarni jinsiy aloqadan bosh tortishga olib keladi. Bu esa oilada kelishmovchilik, siqilish va boshqa muammolarni keltirib chiqaradi.

Ko'pchilik ayollarda aloqa davomidagi og'riq bir qator kasalliklar natijasi ekanligidan dalolat beradi.

Jinsiy aloqa davomida ayollarga og'riq keltiradigan kasalliklar:

1. Agar og'riq aynan kirish yo'llarida bo'lsa:

- ayol jinsiy a'zolarining kirish yo'llarida yallig'lanish;
- ayolda jinsiy aloqani yengillashtiruvchi maxsus suyuqlik chiqish darajasi pasayishi;
- kirish yo'llarining devorlarini ingichkalashib ketgani (yoshi katta ayollarda);
- siydik chiqish yo'llarida yallig'lanish.

2. Chuqur toz bo'limidagi og'riq:

- endometrioz;
- tuxumdon kistasi;
- tuxumdon yorilishi (apopleksiya);
- bachadon yo'llari kasalliklari;
- bachadon miomasi;
- kichik toz tomirlarining kengaygani;
- ginekologik operasiyalardan so'ng tozdagi spaykalar.

Lekin bu sabablardan tashqari psixologik holat ham jinsiy aloqa davomida og'riq bo'lishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Ko'pincha ayollarda jinsiy aloqaga nisbatan yomon munosabati bo'lsa (yomon tajribadan kelib chiqib), aloqa jarayonida ayol organizmidagi muskullarning siqilishi namoyon bo'l ... Читать дальше »

Erkak va ayollarda jinsiy aloqaga munosabati pasayishiga ta'sir etuvchi omillar

Juma23:59


Jinsiy aloqaga bo'lgan munosabat yoki jinsiy talpinish ilmiy so'z bilan aytganda libido deb ataladi. Libido erkak va ayollarda hayot davomida o'zgarishlarga uchrab turadi. Qanday omillar bunga ta'sir qilishini va bu omillarni bartaraf etib, to'liq jinsiy hayot bilan yashash imkoniyatlarini ko'rib chiqamiz.
Omillar psixologik va jismoniy bo'ladi, ularning eng asosiy va ko'p uchraydiganlarini ko'rib chiqamiz:

1. STRESS

Stress jarayonida inson ishlab, aktiv faoliyat bilan shug'ullanishi qiyin emas. Lekin jinsiy talpinishni o'z me'yorida bo'lishiga bu salbiy ta'siz ko'rsatadi. Ishxonada ish ko'payib ketishi, moliyaviy muammolar, yaqin qarindoshlar muammolari va boshqa shu kabi qiyinchiliklar sizning jinsiy aloqaga sovuqqon bo'lib qolishingizga turtki bo'ladi.
Stress holatini keltirib chiqaruvchi muammolarni tezda hal qilishga harakat qiling.

2. SPIRTLI ICHIMLIKLAR

Spirtli ichimliklar insonga ikki tomonlama ta'sir qilishi mumkin. Ayollarda me'yorida ichilgan spirtli ichimlik jinsiy aloqaga talpinishni kuchaytrisa, erkaklarda spirtli ichimliklar sezgirlikni pasayishiga olib keladi. Bu nafaqat spirtli ichimliklarga xos xususiyat, balki spirtli tibbiyot vositalariga ham xosdir.
Spirtli ichimliklardan kamroq iching.

3. UYQUGA TO'YMASLIK

Uyquga to'ymaslik jinsiy aloqaga talpinish pasayishiga olib keluvchi eng katta omil. Yetarlicha to'yib uxlamaslik jinsiy aloqaga eht ... Читать дальше »

Qizlarga qanday yigitlar yoqadi — tashqi ko’rinish, xarakter, qizlarga yoqish sirlari

Dushanba00:34


Qarshi jins vakiliga yoqish istagi bizning qonimizga kiritilgan. Erkaklarga yanada yaxshiroq bo’lish va yoqtirganining e’tiborini jalb qilish uchun qizlarga qanday yigitlar yoqishi qiziqdir. Albatta, har bir xonim o’ziga xos ta’bga ega, ammo har qanday go’zalni jalb qiluvchi umumiy fazilatlar mavjud.

Tashqi ko’rinish bo’yicha qizlarga qanday yigitlar yoqadi?
Ba’zan ko’zga tashlanmaydigan tashqi ko’rinishli yigatlar muxlisalarining adog’i ko’rinmaydi, chiroyli ko’rinishli yigitlar esa bir chetda o’tirishadi. Qizlarga bunday yoqishning siri nima? Barcha gap shundaki, bunday yigitlar, ongli yoki ongsiz ravishda qizlar bilan o’zini tutishni ma’lum qoidalariga amal qiladilar. Lekin ideal erkakning boshqa fazilatlarini ham unutmaslik kerak:

  • Erkak har qanday holatda ham erkak bo’lib qolishi kerak. Qizlar tabiatan jasoratli yigitlarni tanlashadi. Yosh xonimlar necha bor sportiv qomat ahamiyatsiz deb ta’kidlashmasin, aslida mushaklar ularni e’tiborsiz qoldirmaydi. Mushaklarni chiqarish ortidan quvishga berilib ketmang. Yodda tuting: qizlar sportiv qomatni afzal ko’radilar — steroidli yigitlar ularni qiziqtirmaydi.

  • Har bir qizning yigit tashqi ko’rinishini baholash uchun o’z mezonlari mavjud. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, qizlar yonoqlari keng, to’la labli, yengil quyoshda toblangan, qora qosh va kirpikli yigitlarni chiroyli deb hisoblashar ekan.

  • Soqolli erkak — erkaklik, yetuklik va qat’iyatlilikning timsoli. ... Читать дальше »

  • Jinsiy olatni kattalashtirish: usullari, vositalar, sirlari, uy sharoitida amallar, afsona va haqiqat

    Juma21:37


    Bugungi kunda erkaklar jinsiy olatini kattalashtirish bo’yicha reklamalar ko’rsatadigan barcha sehrli dori-darmonlar va vositalar, eng yaxshi holatda shunchaki pullaringizni ko’kka sovuradi, eng yomon holatda esa — sizning sog’ligingizga zarar yetkazadi. Jinsiy olatni kattalashtirishning yagona usuli — jarrohlik amaliyoti (operatsiya) o’tkazishdir, lekin bu qurbonlikka arzigulik sabab emas. Xo’sh, nima chindan ham yordam beradi, nima esa shunchaki afsona, quyida bilib olasiz.

    Jinsiy olatning normal uzunligi qanday bo’lishi kerak?
    Erkaklar jinsiy a’zosining (penis) erektsiya holatidagi kattaligi 10-18 sm ni tashkil qiladi. O’rtacha uzunligi — 13,12 sm [1].
    Kattalikdagi farq turlicha uzunlik oralig’idabo’ladi, va bu hali uning qalinligi va shakli hisobga olinmaganda. Patologik jihatdan kichik a’zolar (erektsiya vaqtida 7,5 sm dan kalta) juda kam uchraydi. Shunday ekan, ehtimol, jinsiy olatni kattalashtirish istagida bo’lgan erkalar behuda xavotirga tushishmoqda.

    Kichik a’zodan shikoyat qilib, Qohira universitetiga murojaat qilgan 92 nafar shaxs o’rganilganda, hech qay biri haqiqatda ham kichik jinsiy organ egasi emasligi aniqlandi. Boshqacha qilib aytganda, 92 ta mutlaq normal yigitlar, o’zlarida kichik jinsiy olat mavjudligiga qaror qilishgan [2]. Chindan ham kichik olatli erkaklar bor, lekin ularning soni juda ko’p emas, lekin ko’pchilik erkaklar o’zlarida muammo mavjud deb hisoblashadi.

    Qanday qilib jinsiy a’zoni ... Читать дальше »

    Homiladorlikda qorin og'rishi

    Juma20:53


    Homilador ayolni har bir og'riq havotirga solishi sir emas. Homiladorlik davrida qorin og'rishi ba'zida xavfsiz bo'lsa, ba'zida tez tibbiy yordamni talab etishi mumkin.

    Homiladorlik davrida ayol og'riqlariga quloq tutishi va ularni ajrata olishi muhim ahamiyat kasb etadi.

    Quyidagi turdagi og'riqlar
    homiladorlik davomida keng tarqalgan bo'lib, onaga va homilaga xavf tug'drimaydi.

    1. Qorin pastidagi son boshlanish joyidagi paylarda yuz beradigan og'riqlar. Odatda bu kabi og'riqlar homiladorlikning 2-trimestrida ko'p namoyon bo'ladi. Bunda paylar qorin kattalashgani tufayli cho'ziladi va kuchli bo'lmagan og'riqni keltirib chiqarishi mumkin.

    2. Qabziyat va gaz yig'ilishi tufayli yuz beradigan og'riqlar. Homiladorlik davomida ayolda progesteron gormonining ortishi tufayli gazlar yig'ilishi ko'p kuzatiladi. Ushbu gormon
    homiladorlik davomida ko'paygan sari ovqat hazm qilish jarayoni shuncha sekinlashib boraveradi. Shuning uchun meva-sabzavotlardan ko'proq iste'mol qilish, suyuqlik ko'proq ichish tavsiya etiladi.

    3. Yolg'on (Brekston-Xiks) to'lg'oqlar og'rig'i. Bu og'riqlar odatda homiladorlikning 3 trimestrida boshlanib, tuqqunga qadar davom etadi. Bunda qorin huddi to'lg'oqdagi singari bir necha soniyaga toraygandek tuyuladi. Bu og'riqlarning haqiqiy
    to'lg'oq lardan farqi shundaki, ular muntazam ham emas, ko'paymaydi va kuchli bo'lmaydi.

    4. Undan tashqari homiladorlik davomida ayol o ... Читать дальше »

    1 2 3 ... 42 43 »
    Eng ko'p o'qilganlar
    Материалов за текущий период нет.
    Homiladorlik Taqvimi
    Saytdan izlash
    So'rovnoma
    Saytda sizga nimalar yoqmaydi ?
    Всего ответов: 1
    Saytga Kirish

    Hisobot


    Reklama