Chorshanba00:59
![]() Савол: ассалому алайкум! Инсон баданидаги қандай тукларни олиши мумкин. Баъзи манбаларда аврат жойларидаги тукларни олиш шартлиги, бошқаларида қош териш Аллоҳнинг лаънатига сабаб бўлиши айтилган. Шу хусусда тўхталиб ўтсангиз! Жавоб: ва алайкумус салом. “Аллоҳнинг лаънати бўлиши” ҳақидаги гап юзи ва қошидаги тукларни терувчилар (шунингдек, тердирувчилар) ҳақида айтилган. Жумладан, Ибн Аббос розийаллоҳу анҳудан қилинган ривоятда қоши ва юзидаги тукларни мўйчинак билан терувчи ва тердирувчи аёлларга лаънат бўлиши айтилган. Бу ривоятни Бухорий ва Муслим нақл қилишган. Инсондаги ҳаром туклар доим олиб турилиши керак. Масалан, аврат жойларидаги туклар узоғи билан қирқ кунда олинади. Ҳар ойда олинса, яхши. Қўлтиқ ости туклари ҳар ҳафтада олиниши афзал. Соч олиниши мумкин. Мўйлаб қистартирилади. Хуллас, ривоятда келган лаънат бўлиши ҳақидаги таҳдид қошини тердирувчи, юзидаги тукларни олдирувчиларга, сунъий гўзалликка ҳаракат қилувчиларга тааллуқлидир. Бироқ, олиниши буюрилган тукларни ўз вақтида олмаслик ҳам маъқул эмас. Инсоннинг фитрий ишлари сирасига аврат жойларидаги ва қўлтиқдаги тукларни қириш (кетказиш) киради. Шунингдек, мўйлаб қисқартирилади. Уни қириш ҳам мумкин. Бундан бошқа тукларни олиш ҳақида амр келмаган, адашмасам. Жумла
...
Читать дальше »
Dushanba01:18
![]() BIV o‘zi nima? Ilgak yoki bachadon ichiga o‘rnatiladigan vosita (BIV) — bu kichkina plastik moslama bo‘lib, uni istalmagan homiladorlik-dan saqlanish uchun bachadon ichiga o‘rnatiladi. Zamonaviy va yuqori samarali BIV modellarida plastikdan yasalgan moslama mis sim bilan o‘ralgan. BIVdan qanday foydalaniladi? Qisqa va oddiy muolaja vaqtida maxsus o‘rgatilgan shifo-kor BIVni bachadon ichiga o‘rnatadi. Homilador bo‘lishni istasangiz shifokor BIVni olib tashlaydi. Afzalliklari: Yuqori samarador. 4—10 yil davomida homiladorlikdan saklanishingizni ta’minlaydi. BIVni qo‘llash jinsiy aloqa bilan bog‘liq emas. Tug‘ruqdan keyin shifokor yordamida darhol o‘rnatish va emizikli davrda qo‘llash mumkin. Uchrashi mumkin bulgan salbiy ta’siri: Hayz davrida ketadigan qon miqdori ko‘payib, og‘riqlar paydo bo‘lishi mumkin. Hayz oralig‘ida qon surkalishi. Jinsiy yo‘l orqali yuqadigan kasalliklarga moyilligi bor ayollarda kichik chanoq a’zolarining yallig‘lanishi. Quyidagi ayollarga BIVni urnatib bO‘lmaydi: Homiladorlikdan gumoni bo‘lsa. Bachadon bo‘yni va kichik chanoq a’zolarining o‘tkir yallig‘lanishi va jinsiy yo‘l orqali yuqadigan kasalliklari bo‘lsa. Oxirgi uch oyda kichik chanoq a’zolarining yallig‘lanishi kuzatilgan bo‘lsa. Qindan sababi aniqlanmagan qon
...
Читать дальше »
Dushanba00:36
![]() O'zbek oilasi borki, qaynona va kelin munosabatlari mavjud. Ba'zi oilalarda bu munosabatlar a'lo darajada bo'lsa, ba'zi oilalar ushbu munosabatlar tufayli buzilib ham ketmoqda. Qaynonaga kelin o'zi qanday munosabatda bo'lishi lozim? Kelin erining ota-onasi bilan birga yoki alohida turishidan qat'iy nazar, uning qaynona oldida qator majburiyatlari mavjud. Masalan, Qaynonani kelin hurmat qilishi shart; Qaynonaga shirin so'z bo'lish muhim! Qaynonani xizmatini qilish kerak; Qaynonaga choy tayyorlash lozim; Qaynonaga gap qaytarmaslik kerak; Qaynonaga qo'pollik ko'rsatmaslik muhim va hokazolar. Bundan tashqari barcha oilalarning o'ziga xos talab va ehtiyojlari bo'lishi mumkin. Ularga amal qilish kelinning burchidir. Lekin bir narsani kelin bajarishi shart emas. U ham bo'lsa qaynonaga yoqish! Kelin qaynonaga yoqishi kerak emas, muhim ham emas, shart ham emas! Mana shu oddiy iborani tushunib yetgan kelin, qaynonasidan hafa bo'lishni to'xtatadi, qaynonasi qovog'i uyushganida o'ziga olmaydi, qaynonasi minnatdor bo'lmaganida asabiylashmaydi. Kelin avallambor eriga yoqishi kerak. Ertayu- kech, tunu-kun u eriga yoqimli bo'lishi haqida o'ylashi kerak. Gapi bilan, ko'rinishi bilan, qiliqlariyu, ovqati bilan, tili va dili bilan eriga yoqishi lozim. Bu ayolning eng birlamc
...
Читать дальше »
Shanba01:35
![]() Keyingi vaqtlarda nikoh yoshining «yosharib» ketayotgani haqida ko‘p gapirilyapti. Buning psixofiziologik, iqtisodiy asorati og‘irroq kechadi. Bolani tug‘ish, tarbiyalash uchun juftlarning bir-birini yaxshi ko‘rishining o‘zi kamlik qiladi. Bu ham juda muhim albatta. Ammo muhabbatning yana bir uchinchi shaxsni paydo qili-shi uchun, eru xotin shu uchinchi shaxsga g‘amxo‘rlik qilishga tayyor bo‘lishlari kerak. Demak, erkak ham, ayniqsa ayol ham avvalo yetilgan, hayotda o‘z o‘rnilarini belgilab olgan, qolaversa, eng zaruriy moddiy zamin yaratilgan bo‘lishi lozim. Qisqa qilib aytganda, bola — ixtiyoriy, istalgan, kutilgan bo‘lishi kerak. Qadimdan Sharqda qizlarni barvaqt erga berishgani ma’lum. Hozir bunga intilganlarning ko‘pchiligi «oldin shunday qilish-gan edi-ku!» deyishdan nariga o‘tishmaydi. Holbuki bu kam. Shuning o‘zinigina bahona qiladiganlar davr o‘zgarganini ham, qiz-lar va erkak bolalar ruhiyati o‘zgarganini ham, shunga ko‘ra ular yana ko‘p jihatlardan oila qurishga, bola ko‘rishga tayyor emaslik-larini, buni buzish bilan o‘zlariga ko‘p tashvishlar (ham fizio- logik, ham huquqiy) orttirayotganlarini bilmaydilar yoki bil-gilari kelmaydi. Qiz bola tuxumdonida tuxum hujayralari muntazam bir me’yorda yetila boshlagandan, ya’ni hayz ko‘rgandan boshlab homi-lador
...
Читать дальше »
Yakshanba01:34
![]() Kelinlik odobi haqida alohida bo‘limda so‘z yuritayotganimiz bejiz emas. Dunyoda hech bir xalqda oilada kelin mavqeiga sharq xalqlari, xususan o‘zbeklarchalik katta o‘rin berilmaydi. Kelin tushirilayotgan xonadonda katta tayyorgarlik ko‘riladi. Yosh oilaga yangi uy solinadi yoki shu xonadondagi eng yaxshi xonalar ta’mirlanib yangi holatga keltiriladi. Kelinga sarpolar, sovg‘alar tayyorlanadi. Eng muhimi xonadonning kattasidan kichigigacha oilaning yangi a’zosi — kelin bilan uchrashuvga, u bilan birga yashashga o‘zini ruhan tayyorlaydi. Kishilar ruhida ko‘tarinkilik, mehr-muhabbat, ezgulik, hayo qaror topadi. «Ke-linning qadami qutlug kelsin!» deya duo qilishadi keksalar. Hali kelin kelmasidanoq xonadon go‘yo fayzli farishtali pardaga o‘raladi. Qutlug‘ qadam! Qaynonalar bu qutlug‘ qadamda bundan keyin aytar so‘zlarini, ko‘rar ko‘zlarini, dillaridagi armonlarini, yur-magan yo‘llarining ro‘yosini ko‘rgandek bo‘lib entikadilar. Singil-lar bu qutlug‘ qadam ila o‘zlariga ibrat kelayotganidan sevinadilar. Birinchi qadam, birinchi tilaklar, birinchi orzularning samimiyligi, ezguligi kelinlarga dastlabki mas’uliyatli davrda quvvat beradi, qadamlarini qutlug‘ qiladi. O‘zbeklarga turmushga chiqqan qiz borki u kelinlikning nozik davrini, albatta, boshidan kechiradi. Hatto ona va onasi
...
Читать дальше »
Yakshanba01:34
![]() Bolaning o‘sib ulg‘ayishi, ona sutining mo‘l- ko‘l bo‘lishi hamda ona salomatligi uchun ham sut bezlarini to‘g‘ri parvarish qilish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun, eng avvalo, nihoyatda tozalikka e’tibor qilish lozim. Ko‘rak so‘rg‘ichida yoriklar va mastit yuzaga kelmasligi uchun sut bezlarini ertalab va kechqurun iliq suv bilan sovunlab yuvish, so‘ng steril doka yoki paxta bilan artish kerak. Har safar emizish oldidan qo‘lni toza yuvib qaynagan suvga yoki ichimli soda (1 stakan suvga 1 choy qoshiq soda solinadi) eritmasiga xo‘llangan doka yoki paxta bilan artib turish lozim. Emizib bo‘lgandan so‘ng ko‘krak yuvib tashlanadi, toza doka yoki yumshoq sochiq bilan bosib-bosib quritiladi, vazelin yoki sterillangan o‘simlik yog‘i surtiladi. Bolani to‘g‘ri emizish juda muhim. Agar bola emib bo‘lgandan keyin ham ko‘krak uchini qo‘yib yubormasa, uni zo‘rlab tortib olish yaramaydi, buning uchun bolanig burni sal qisilsa, u og‘zini ochib ko‘krakni qo‘yib yuboradi. Emizib bo‘lgach ko‘krakda qolgan sutni (hatto u kam bo‘lsa ham) oxirigacha sog‘ib olinsa, bu qo‘shimcha massaj hisoblanadi va sut ko‘payishiga yordam beradi, sut tiralib ko‘krak taranglashishining oldini oladi. Ba’zi ayollarda sut o‘z-o‘zidan oqib qoladi, bu sut ko‘pligidan emas, balki so‘rg‘ich atrofidagi nerv tolalarining
...
Читать дальше »
Yakshanba01:33
![]() «Ona qizim! Allohga beadad shukr, bo‘y yetib, erta-indin bir xonadonning sutokli kelini bo‘lasiz. Yangi hayotingiz haqida ko‘p eshitganingiz, ko‘p o‘qiganingiz bordir. Men bu xususda ozgina qo‘shimcha qilmoqchiman. Toki, duch kelgan kishilardan turli gap-larni eshitib, gangib, kalovlanib yurmang. Ayol zoti bu dunyoga xudoning inoyati bilan avlodlar zanjiri-ni ulagani, farzandlarini iymonli qilib tarbiyalagani, bir xonadonni va uning kishilarini yashnatgani kelishiga, ming shukr, idrokingiz yetib turibdi. O‘sha siz keyin joningizni ham berishga tayyor bo‘ladigan farzandlar eru xotin muhabbatidan, nozik munosabatidan dunyoga kelishini ham bilasiz. Shunday ekan, jinsiy munosabat asl muhabbat cho‘qqisi ekanligini unutmang va qovushish uchun faqt kuyov mas’ul deb o‘ylamang. Bu kecha haqida har kimlar turli vahimali so‘zlarni aytishadi. Go‘yo qizlik pardasi olinishida dahshatli og‘riq bo‘larmish. To‘g‘ri, qizlikdan juvonlikka o‘tishda bir oz og‘riq bo‘lishi mumkin. Agar gavdani bo‘sh tutmasangiz, noto‘g‘ri xatti-harakatlar bilan kuyovga qattiq qarshilik kilsangiz, qin muskullari qisqarishi qiyin-lashadi, ana shunda og‘riq bo‘ladi. Ona qizim, qarshingizda turgan odam begona emas, bir umrlik yo‘ldoshingiz, ishonsangiz, suyan- sangiz arziydigan odam ekanini, ota-onangiz sizni un
...
Читать дальше »
|
Reklama