Эрнинг маъшуқаси билан учрашиш... КЕРАКМИ?

Juma01:19


Баҳсли савол. Қизиқ савол.
Хиёнатнинг зарбасига
учраган ҳар бир аёлнинг
хаёлига минг марта келиб,
минг кўйга соладиган савол.
Аламнинг зўридан шартта бориб, тинч
оилангизга раҳна солаётган беҳаёнинг
шармандасини ҳам, дабдаласини ҳам
чиқаргингиз келади. Атрофингизда турли
одамлар турлича маслаҳатлар ҳам
беришади: «Бор», «Борма», «Кимлигингни
кўрсатиб кел», «Қўй, ўзингни ерга урма...»
Хўш, аслида эргинамизнинг бошини
айлантириб юрган ўша «хонимча» билан
учрашиш шартми? Бу саволга руҳшунос
Барно ИЛҲОМОВА билан жавоб излаймиз...
«ЙЎҚ!!!»
Бу саволга битта, яхлит қилиб, жавоб бера
оламиз: эрингизнинг маъшуқаси билан
учрашманг. Асло! Бу — қонун! Ҳа!
Иккингизнинг ўртангизда учинчи инсон
пайдо бўлганини билдингизми, зинҳор-
базинҳор, у билан кўришишга ҳаракат
қилманг! Буни хаёлингизга ҳам келтирманг.
Маъшуқа билан учрашиб, эрни оилага
қайтара олмайсиз, аксинча, унинг батамом
сиздан узоқлашишига яна бир сабабни
юзага келтириб қўйишингиз мумкин.
Нега энди кўришмайсиз? Аввало, ҳозир
кайфиятингиз жуда чатоқ. Йўлингиздаги
ғовни вайрон қилиш пайидасиз, лекин
рашк, асаб, алам билан уни илдизи билан
қўпориб ташлай олмайсиз, шунчаки
кучингизни беҳуда сарфлайсиз, холос.
Бевафо не дейди? Албатта, жаҳли чиқади!
Ахир унинг сири, айбини ошкор қилдингиз.
... Читать дальше »

Куёв танлашга шошилманг!

Juma01:10


Тўйлар мавсуми айни авж
паллада. Бўйи етган
қизларнинг остонаси ейилиб
кетган бўлса ҳам ажабмас.
Хўш, учрашувма-учрашув
юравериб чарчаб қолмаяпсизми?
Маслаҳатимиз музқаймоқдан камроқ енг,
ахир бу қоматингизга таъсир қилади-да.
Бироқ ҳозир музқаймоқлар ҳақида эмас,
йигитларнинг алоҳида "туркум”и ҳақида
гаплашамиз. Уларни кўпчилик "онасининг
ўғиллари” деб аташади...
Ҳа, қизларга қийин...
Қизларнинг пешанасига турли йигитлар
билан учрашиш, кўришиш ва шулар
орасидан бирортасини танлаш битиб
қўйилган. Начора, тақдирга битилганидан
қочиб қаёққа ҳам борардик. Муҳими эса
кўпчилик номзодлар орасидан ўзимизга
муносибини танлай билиш. Келажакда
афсусланиб юрмаслик учун айнан ҳозир
эътиборли бўлишимиз керак. Хўш,
«Онасининг ўғиллари»га қайтсак. Аслида,
онасини ҳурмат қилмаган инсонлардан
қўрқиш керак, қочиш керак. Ўз
волидасиники эъзозламас экан, сизга
қандай муносабатда бўлишини тасаввур
қилаверинг. Шунинг учун бўлажак
қайнонамизнинг ҳурматини жойига
қўядиган, керак бўлса, бошида кўтариб
юрадиган ёр танлашга ҳаракат қиламиз.
Бироқ куёвликка номзодларнинг баъзи
тоифалари ҳам йўқ эмаски, онаси чизган
чизиқдан чиқмайди. Мана, шундайларни
аниқлашни ўрганамиз.
Алоҳида белгилари...
Келинг, аввал юқоридаги тушунчага
ойдинлик киритиб оламиз ... Читать дальше »

Emizish holatlari

Payshanba23:33


Tog'ri va yetarlicha emish, sut kerakligicha
ishlab chiqarilishi uchun bolani "to'g'ri"
holatda emizish zarur.
1. Yonida yotib emizish.


2. Bolani boshini qo'lda ushlab emizish .

3. Bolani quchoqlab emizish.

4. Bolani tanasi onaning orqa tomonida
bo'lgan holda emizish.

5. Egizaklarni yostiqdan foydalangan holda
emizish.

6. Koala holati. Kattaroq bolani tizaga
o'tqazib emizish.

7. Bolani onaning qorniga yotqazib emizish.

8. Kesarev kesilish yo'li bilan tuqqan onalar
uchun bolani yelkaga qo'yib emizish.


Ushbu holatlardan ona va bolaga eng qulayini
tanlab olish muhim. Har birini amalda qo'llab
ko'rib, eng qulay, og'riq va toliqishsiz
bo'ladigan holatidan foydalanish maqsadga
muvofiq bo'ladi.
Suratlar manbasi: Babycenter sayti.

Kamqonlik: sabablari, oqibatlari, (uy sharoitida) oldini olish yoxud davolash

Dushanba00:23


Kamqonlik – qonda eritrositlar soni va
gemoglobin miqdorining kamayishi bilan
xarakterlanadi. Bu kasallikka aksariyat
hollarda ayollar va bolalar chalinadilar,
chunki ularda temir moddasiga bo’lgan
ehtiyoj erkaklarnikiga qaraganda 3-5 barobar
yuqori. Ushbu mavzuga to’xtalib
o’tishimizning boisi ham shunda.
Qanday sabablar kamqonlikni yuzaga
keltiradi?
Temir moddasining yetarli darajada
iste’mol qilinmasligi. Qon tizimi yetarli
darajadagi temir moddasini qabul
qilmasa, gemoglobinning yetarli miqdorini
ham ishlab chiqara olmaydi. Malumki,
dunyo aholisining 40% i kamqonlik bilan
xastalanib, kasallikka chalinganlardan
75%i temir tanqisligi oqibatida yuzaga
kelmoqda.
Zaruriy elementlarga boy mahsulotlarni
iste’mol qilmaslik, jumladan, B12
vitamini, oqsilning yetishmasligi;
To’satdan yoki surunkasiga qon
yo’qotish: ko’p miqdorda va uzoq davom
etadigan hayz ko’rish, jarrohlik
amaliyotini boshdan kechirish;
Ayollarda ustma-ust tug’ish. Farzandlar
orasida 3 yildan kam vaqt bo’lmasligi
lozim;
Spiral ishlatganda ham, har oy ko’proq
qon ketishi mumkin;
Foydali moddalarning yetarli darajada
ichaklarda so’rilmasligi (hazm qilishning
buzilishi) yoki aksincha, moddalar
parchalanishining ortib ketishi;
Shuningdek, kamqonlik boshqa bir
kasallikla ... Читать дальше »

Baland poshnali, tor poyabzallar – ayol sog’lig’iga jiddiy zarar yetkazadi

Dushanba00:22


Ingichka poshnali poyabzallar qanchalik
jozibador bo’lmasin, biz – ayollarga
qanchalik yoqmasin, ularni muntazam
ravishda kiyish salomatligimizga putur
yetkazadi. Ushbu mavzuni ko’tarishimizdan
maqsad ham shu: baland poshnaning ayol
sog’lig’iga ko’rsatadigan ta’sirlaridan ogoh
etish.
Baland poshnali oyoq kiyimlarni muntazam
kiyish faqatgina oyoq tomirlarida emas, balki
butun organizmda jiddiy o’zgarishlar sodir
bo’lishiga olib keladi:
Poshnasi 3 santimetrdan baland
bo’lgan poyabzallar doimiy
ravishda kiyilganda:
• Oyoq bo’g’imlari
shikastlanadi;
• Tos-son sohasida moddalar
almashinuvi sekinlashadi;
• Boldir venalarining varikoz
kengayishi boshlanadi.
• Bora-bora osteartroz va
osteoporoz (suyakning
g’ovaklanishi) vujudga keladi.
Poshnasi o’ta baland (masalan,
5-10 santimetr) oyoq kiyimlar
mushaklarni zo’riqtiradi, oyoqni
tez charchatadi;
Barmoq qismi o’ta tor, umuman,
tor poyabzallarda oyoqlar uzoq
vaqt qisiladi, oqibatda, dastlab
oyoq barmoqlari, so’ng oyoqning butun
skeleti ziyon ko’radi:
• Oyoq barmoqlari shilinadi,
shuningdek, qiyshaya
boshlaydi;
• Oyoq bo’g’imlari
yallig’lanadi;
• Tor poyabzalda qon
tomirlari ham ma’lum muddat
qisiladi. Bu esa oyoqlarda qon
aylanishini buzadi, tovon
... Читать дальше »

To‘yib uxlay olmaslik: miqdor emas, sifat muhim

Dushanba00:16


To‘yib uxlay olmaslik bugungi kunda
ko‘pchiligimiz uchun muqarrar me’yor bo‘lib
qoldi, unga allaqachon o‘rganib ham
qolganmiz. Ish, o‘qish, farzandlar, xobbi,
do‘st-u dugonalar — bularning barchasiga
qanday ulgurish mumkin? Vaqtimiz o‘ta
tig‘iz bo‘lgani sababli biz asta-sekinlik bilan
uyqu miqdorini kamaytira boshlaymiz.
Hozirda olimlar tomonidan o‘tkazilayotgan
tajribalar salomatlik yaxshi bo‘lishi uchun
avvallari aytilganidek 8 soat uxlash shart
emasligini ko‘rsatmoqda. San-Diyegodagi
tajriba kishiga 4 soatlik uyqu kifoya qilishini
ko‘rsatgan bo‘lsa, yaponiyalik olimlar
sog‘lom bo‘lish uchun kamida 7 soat uxlash
zarur ekanligini isbotladi.
Aslida esa har bir odamda uyquning o‘z
me’yori mavjud bo‘ladi, deydi shifokorlar. U 4
—10 soat oralig‘ida bo‘lishi mumkin. Ushbu
me’yorni har bir kishi o‘zida aniqlashi,
buning uchun tajriba qilib ko‘rishi kerak.
Masalan, siz ilgarilari 02:00 dan 08:00 gacha
6 soat davomida uxlagan bo‘lsangiz, endi
shu olti soat uyquni 00:00 dan 6:00 gacha
olishga urinib ko‘ring.
Biroq bundan ham muhimi, mutaxassislar
fikricha, qancha emas, qanday uxlashdir.
Agar foydali ish koeffitsiyenti past bo‘lsa, u
holda 10 soatlik uyqu ham kamlik qilishi,
aksincha ushbu ko‘rsatkich eng yuqori
bo‘lsa, 5 soat uxlash ham kifoya bo‘lishi
mumkin. Xo‘sh, uyq ... Читать дальше »

Vazningiz yoshingizga mosmi?

Dushanba00:03


Chiroyli qad-qomatga ega bo‘lishni
istamaydigan kishi bo‘lmasa kerak. Bu istak
ko‘pchilik ayollarning muammosi bo‘lishi
bilan birga, erkaklarni ham chetlab o‘tmaydi.
Yosh o‘tgan sari ortiqcha kilogrammlar hosil
bo‘lib, avvalgi ixcham vazn 2– 3 barobarga
ortishi hech gap emas.
Kishi 18 yoshida ega bo‘lgan vazni eng
normal vazn hisoblanadi. Buni butun umrga
saqlab qolish esa murakkab holatdir.
Unutmang, har 10 yilda sarflangan energiya
10% ga kamayib borsa, shu bilan birga, 10%
(5 – 7 kg) vazn qo‘shilib boraveradi. Xo‘sh,
aslida yoshga nisbatan me’yoriy vazn
og‘irligi qancha bo‘lishi kerak?
Bu borada Yegorov-Levitskiy jadvali
maksimal vazn og‘irligini aniqlashga yordam
beradi. Ushbu jadval sizda ortiqcha vazn
bor-yo‘qligini yoki vazn kamligini ko‘rsatadi.
Yegorov-Levitskiy jadvali

Ishda charchamaslik sirlari

Dushanba00:02


Ofisda o‘tirib ishlash kishiga deyarli og‘ir
jismoniy mehnat kabi ta’sir o‘tkazadi. Uyga,
odatda, xuddi yuk tashigan kishidek
charchagan va toliqqan holda qaytamiz.
Bunga sabab nima va qanday charchamaslik
mumkin? Bu haqda mutaxassislar
tavsiyalariga quloq tutamiz.
Gap shundaki, o‘tirish — inson gavdasi uchun
eng nofiziologik yuklanmadir. U umurtqa
pog‘onasiga uzoq vaqt oyoqda turishdan
ko‘ra ikki barobar ko‘proq og‘irlik yuklaydi.
Tanamiz bunday hayot tarzi uchun
moslashmagani sababli qiynaladi va natijada
sog‘liq bilan aloqador muammolar yuzaga
keladi. Bular — tayanch-harakatlanish tizimi
kasalliklari (umurtqaning qiyshayishi,
radikulitning zo‘rayishi, barmoqlar, qo‘l
panjalari va bilaklar asab-mushak
faoliyatining buzilishi)dan tortib, ko‘rish
qobiliyatining pasayishi, gemorroy, bosh
og‘rig‘i va semizlikkachadir.
Agar soatlab kursida o‘tirmaslik ilojingiz
bo‘lmasa, ish o‘rningizni maksimal darajada
qulay holatga keltirishga va ishingiz rejimini
tartibga solishga harakat qiling.
To‘g‘ri mebelni tanlang
Stulning o‘tirg‘ichi zamonaviy ofis
mebellarida bo‘lgani kabi orqaga emas,
oldinga qarab qiyalashgan bo‘lishi kerak (4
gradusga). Natijada odam og‘irligini biroz
oldinga — oyoqlariga tashlaydi hamda
tananing orqa yuzasi mushaklaridan iborat
tayanch yuzagan ... Читать дальше »

Yuz terisi mudom yosh bo'lsin desangiz...

Seshanba01:11


Qorin bilan uxlamang.!
Shuningdek katta hajmli yostiqlardan voz
keching.Tunda barcha a'zolar kabi yuz va
bo'yin terisi ham dam olishi shart .Katta
yostiq yoki qorin bilan uxlaganingizda bo'yin
terisi cho'zilib,erta ajinlar tushishiga sabab
bo'ladi.Yuzni yostiqqa bosib yoki ko'rpaga
boshni burkab uxlaganda yuz terisi nafas
olmay qoladi.Ertalabga qadar shishlar paydo
bo'lishi ham mumkin.
To'yib uxlang.!
Yuz terisi hujayralari,shuningde kollagen
moddalari faqatgina tunda qayta
tiklanadi.Faqat buning bir sharti bor:Siz soat
23:00 ga qadar uxlagan bo'lishingiz lozim.
To'g'ri ovqatlaning.!
Ya'ni vitamin,antioksidant hamda minerallarga
boy yeguliklarni iste'mol qiling.Keksalikka
qarshi kurashuvchi mahsulotlar sirasiga
sabzi,pomidor,ko'katlar,sut,tvorog,tuxum,jigar
hamda turli bo'tqalar.

Yuzni parvarish qilish

Seshanba01:03


Kishining ko‘rinishi go‘zal, kurkam bo‘lishida
yuz terisining umumiy ahvoli, uning tozaligi,
silliqligi, mayinligi va rang-ro‘yning yaxshiligi
katta rol o‘ynaydi. Terining shunday silliq,
tarang, sog‘lom bo‘lishi uchun yuz terisini
parvarish qilishga alohida ahamiyat berish
kerak. Yuz terisini parvarish qilishga
kirishishdan oldin, terining qandayligini bilib
olish zarur. Terini undagi chiqib tura-digan
yog‘ va nam miqdoriga qarab shartli ravishda
normal teri, yog‘li teri, quruq teri va murakkab
(aralash) teri kabi xillarga bo‘linadi. Ularni
qanday parvarish qilish va nimalarga e’tibor
berish kerak?
Yuz terisini parvarish qilish degan da, terini
toza tutish, oziqlantirish va tashqi zararli
ta’sirlardan himoya qilish tu-shuniladi. Buning
uchun tavsiya etiladigan kosmetik vositalar va
usullarni terining anatomik tuzilishini,
jumladan teri yo‘lla-rini hisobga olib, ularni
to‘g‘ri qo‘llangandagina ijobiy nati-ja beradi.
Terining eng kam cho‘ziladigan yo‘nalishi teri
chiziqlari deb ataladi. Bu chiziqlarning
harakat yo‘nalishlari quyidagi tartibda bo‘ladi:
iyakda — teri chiziqlari iyakning o‘rtasidan
boshlab pastki jag‘ bo‘ylab quloqning
tugmachasiga tomon yo‘naladi; lun-jda —
og‘iz burchagidan quloq teshigiga tomon,
ustki labning o‘rtasidan va burunning yon
yuzasidan quloq suprasin ... Читать дальше »

Bolaning ko'krakdan bosh tortishi sabablari

Chorshanba06:14


Chaqaloqning ko'krak emishdan bosh tortishi
onani qiynaydigan eng katta muammo desak
mubolag'a bo'lmaydi. Bolaning ko'krakdan
bosh tortishiga doimo bir sabab bo'ladi, ana
shu sababni bilish muammoni yechimi
hisoblanadi.
Bola ko'krakdan bosh tortayotganida amaliy
yordam.
1. Bola haqiqatan ko'rak sutidan bosh
tortayaptimikin?
Ba'zi chaqaloqlar bir davrga kelib onani
kamroq ema boshlaydilar. Ba'zilar bir faqat
ko'rkakni xush ko'rib qoladilar. Ko'pchilik
chaqaloqlar oldingi emishdan so'ng ko'p vaqt
o'tmagani sababli qorni to'q bo'lgani uchun
yaqin soatga emishdan bosh tortadi.
Ikki oy bo'lgach, soatlab emib yotgan bola bir
necha daqiqa davomida tez-tez emib turishga
o'tib olishi mumkin. Shu kabi holatlar onani
ranjitishi hech gap emas. Bolaning bir tartibda
emishiga o'rganib qolgan ona uchun bu
ko'krakdan bosh tortishdek tuyuladi. Aslida bu
chaqaloq odatlarining o'zgarishidir, xolos.
Ularga moslashish kerak bo'ladi.
2. Ko'krak sutga to'lib ketayotgan bo'lsa?
Shunday davr keladiki, bola uyquda ko'p bo'lib
yoki uzoq vaqt davomida emmay yursa,
onaning ko'kragi sutga to'lib ketadi. Odatda
ko'krak suti bolaning ehtiyojiga munosib
ravishda keladi. Agar ko'krak suti haddan
ziyod ko'p kelib, ko'krakka og'riq berayotgan
bo'lsa, u holda ortiqcha sutni sog'ib tashlash
lo ... Читать дальше »

Hayz sikli (menstruatsiya)

Chorshanba00:44


Har bir sog'lom ayol balog'at yoshiga yetgach
muntazam ravishda hayz ko'radi. Homilador
bo'lish, ovulyasiyani hisoblash va bepushtlik
sabablarini bilish uchun ayol o'zining hayz
sikli(menstruatsiyasi) haqida ma'lumotga ega
bo'lish zarur.
Hayz(oy ko'rish) nima degani?
Hayz deb, ayolda muntazam ravishda qon
ajralishiga aytiladi. Qon arjralmalari
bachadon devorlari qatlamidan qin orqali
keladi.
Hayz sikli nima degani?
Hayz sikli deganda hayz ning ilk kunidan
boshlab keyingi hayz ning ilk kuniga qadar
bo'lgan davrga aytiladi.
Normada hayz sikli kamida 21 kun, ko'pi bilan
35 kun davom etadi.
Ko'pchilikda hayz sikli 25-30 kunni tashkil
etadi.
Qiz bola ilk bora necha yoshida hayz ko'radi?
Sog'lom qiz bola o'rtacha 9 yoshdan 15 yosh
oralig'ida birinchi marta hayz ko'radi. Hayz
kelgan ilk yillarda u muntazam bo'lmaydi va
bir necha oydan so'ng bir muntazamlikka
kelib oladi.
Qon kelishi necha kun davom etadi?
Asosan 3 kundan 7 kungacha bo'lib, ba'zida
uzoqroqqa ham cho'zilishi mumkin.
Hayz davomida 7 kundan ortiq qon kelishi
anemiyani keltirib chiqarishi mumkin .
Hayz sikli davomida ayol organizmida nima
bo'ladi?
Qon kelishi tugashi bilan, ayol organizmi
gormonlari tuxumdonlardan tuxum ajralib
chiqishi uchun ish olib boradi. Undan tashqari
ushbu ... Читать дальше »

Кўкрак бези саратонини келтириб чиқарувчи 10 сабаб

Chorshanba00:35


Ҳозир кўкрак бези саратони аёллар
орасида учрайдиган онкологик
касалликлар ичида биринчи ўринни
эгаллаб, афсуски, хасталар сони йилдан-
йилга ортиб бормоқда. Статистик
маълумотларга кўра, бутун дунё бўйича
ҳар ўнинчи аёл кўкрак бези саратони
билан хасталанар экан. Бир йилда ушбу
хасталик туфайли 1,5 миллиондан ортиқ
аёл вафот этади. Врачлар малакасини
ошириш институти, жарроҳлик кафедраси
профессори, маммолог Дилобар
Мирраҳимова билан айнан шу мавзуда
фикрлашдик...
1. Наслий омил. Агар онада кўкрак
саратони кузатилса, унинг қизларида
кўкрак саратони ривожланиш хавфи жуда
юқори бўлади. Чунки кўкрак бези
касалликлари учун жавобгар бўлган
генларда мутация кузатилади. Балоғат
ёшига етгандан кейин, BRCA I , BRCA II
генларида ўзгариш бор-йўқлиги қон
таҳлили орқали аниқланади. Шу сабаб
онасида кўкрак бези саратони касаллиги
кузатилган қизлар ҳар 6 ойда махсус
текширувдан ўтиши шарт.
2. Сурункали равишда кечадиган
гинекологик хасталиклар оқибатида.
Тухумдон, бачадондаги сурункали
шамоллаш жараёнлари, бачадон миомаси,
тухумдон кистаси кабилар ҳам кўкрак
бези касалликларининг келиб чиқишига
асос бўлиши мумкин. Чунки юқоридаги
касалликлар оқибатида аёл организмдаги
гормонал фон ўзгаради ҳамда кўкрак бези
тўқимасидаги ҳужайраларда патология
... Читать дальше »

Хулуъ ҳам талоқми?

Chorshanba00:34


Савол: Яқинда талоқнинг «хулуъ» деган
хили борлигини эшитдим. Илтимос, шу
ҳақда тўлароқ маълумот берсангиз.
Жавоб: «Хулуъ» – талоқнинг бир тури.
Бақара сурасининг 229-ояти мазмуни
бундай: «Эй мусулмонлар! Агар эр-
хотиннинг Аллоҳ таоло кўрсатган шаръий
ҳудудга риоя этолмасликларидан
хавфсирасангиз, хотиннинг эридан
ажралиш учун эрига мол беришида ва
эрнинг уни олишида гуноҳ йўқдир».
Хотин эрига пул ёки мол бериб талоқ
олиши, ўзини ундан халос қилиши гуноҳ
эмас.
Ислом динида биринчи хулуъ
Пайғамбаримиз (соллаллоҳу алайҳи ва
саллам) замонларида содир бўлди. Имом
Бухорий, Абу Довуд ва Термизий ривоят
қиладилар: Собит ибн Қайс Ансорийнинг
хотинлари (Аллоҳ таоло улардан рози
бўлсин) Пайғамбаримизнинг (алайҳис­
салом) ҳузурларига келиб мурожаат
қилди: «Ё Расулуллоҳ! Мен Собит ибн
Қайсни на хулқда, на динида
айбламайман. Аммо ношукрлик қилишни
ёмон кўраман». Расулуллоҳ (соллаллоҳу
алайҳи ва саллам) ундан сўрадилар: «Унга
боғини қайтариб берасанми?» Аёл: «Ҳа»,
деб жавоб бергач, Расулуллоҳ (соллаллоҳу
алайҳи ва саллам) Собит ибн Қайсга
(розияллоҳу анҳу): «Боғни олгин-да, уни
бир талоқ қўйгин», дедилар. Собит ибн
Қайс у хотинга уйланганларида маҳрига
хурмо боғини берган эдилар.
Бу ўринда шуни билиш муҳим: аёлнинг
талоқ учун ҳали олмаган маҳридан ... Читать дальше »

Yosh onalar uchun 10 maslahat

Seshanba00:43


Qo'lida chaqalog'i bor yosh
onalarning o'ziga zeb berishga vaqti
bo'lmaydi. Shunga qaramay, ayol
doim go'zal bo'lib yurishga intilishi
darkor.
1. Sochlaringiz doim toza bo'lsin.
Yog'langan yoki aksincha qurib
ketgan, patak soch ayolni go'zal
bo'lishiga yo'l qo'ymaydi.
2. Tirnoqlar vaqtida olingan bo'lishi
shart.
3. Uzun sochni turmaklashga vaqt
yetmasligi mumkin, lekin chiroyli
qilib o'rib qiyilgan soch, ham kun
mobaynida buzilmaydi, ham yosh
onani yanada go'zal qila oladi.
4. Sochlar turmaksiz ham go'zal
ko'rinishga ega bo'lishi uchun go'zal
obodoklar, toshli rezinkalar, bezakli
nevidimkalar yordam beradi.
5. Qo'lida chaqalog'i bor ba'zi onalar
sut tomishi, chaqaloqning ovqati
yoki boshqa gigienik vositalarning
to'kilishi kabi holatlardan qo'rqib
uydagi eng eski kiyimlarni kiyib
yurishni xush ko'radilar. Bu davrda
ham go'zal bo'lishingiz kerak.
Qimmatbaho bo'lmagan, lekin
shinam va kulay toza kiyimlarni
kiyishga odatlaning. Eskirgan,
razmeri to'g'ri kelmaydigan, dog'i
bor, yirtiq yoki oqarib ketgan
kiyimlarni tashlab yuboring. Siz
avallambor ayolsiz.
6. Bo'yanishga vaqt yoki ehtiyoj
bo'lmasligi mumkin. Lekin
homiladorlikdan so'ng yuzga ozuqa
va parvarish kerakligi haqida
unutmang. Krem, losyon, yuzni
tozalo ... Читать дальше »

ФОТИМА-ЗУҲРОМИ ЁКИ ҲАСАН-ҲУСАН?

Seshanba02:50


Аёлнинг қорин бўшлиғида жойлашган жуфт
тухумдонда икки ҳайз орасида бир
тухумҳужайра етилади. Одатда бу тўрт
ҳафтада бир – ё ўнг, ё чап тухумдонда
содир бўлади. Кейинги ҳайз маромида
аввал тухумҳужайра етилтирган тухумдон
«дам олади», навбатдаги тухумҳужайра
иккинчи тухумдонда етилади. Ана шу ўзига
хос «келишувчанлик» аёлнинг туғишга
қодир бўлган даври мобайнида давом
этади.
Бироқ вақт-вақти билан табиат ер юзида
одамзоднинг камайиб кетаётганини ҳис
қилибми, ёки қиз ва ўғил болалар
мувозанати бузилаётганини сезибми, аёл
организмининг бу фаолиятига
«аралашади». Шунда тухумдонлар
одатдагидек навбатма-навбат эмас,
иккалови бирдан биттадан тухумҳужайра
ёки бир тухумдон (иккинчиси «дам
олаётганда») икки тухум ҳужайра ҳосил
қилади. Бири – битта, иккинчиси эса
қўшалоқ ёки ундан кўп тухумҳужайра ҳосил
қилган ҳоллар ҳам учрайди. Фақат бу
камдан-кам содир бўлади.
Умуман, ўрта ҳисобда ҳар 85 туғуруққа бир
эгизак, ҳар 6-8 минг туғруққа эса бирйўла
уч эгизак тўғри келиши кузатилади. Ундан
ортиқ эгизак туғиш аҳён-аҳёнда учрайди.
Бир тухумли эгизаклар икки ядроли
тухумҳужайранинг сперматазоид билан
оталанишидан ёки икки ядроли
сперматазоид бир ядроли тухумҳужайрани
оталантириши натижасида ҳосил бўлади,
баъзан тухумҳужайралар учта, тўртта (ва
ундан ор ... Читать дальше »

Идда

Chorshanba01:03


“Идда” сўзи луғатда “санаш”, “ҳисоблаш”
маъносини англатади. Шаръий истилоҳда
эри ўлган ёки эридан ажрашган аёлнинг
бошқа эрга теккунча орада кутиши керак
бўлган вақтга идда дейилади. Аёл идда
муддати ўтмагунича турмушга чиқиши
мумкин эмас.
Идда хотиннинг ҳомилали бўлган ё
бўлмагани билиниши, ўлган эрнинг ҳурмати
бажо келтирилиши, ражъий талоқда эр-
хотинлик ҳаётига қайтиш имконининг
берилиши ва талоқни суистемол
қилинмаслиги, ёмон ниятда қўлланмаслиги
ва бошқа ҳикматларга кўра жорий
қилинган.
Аёлнинг ҳомиладор бўлган ёки
бўлмаганини аниқлаш насл-насабнинг
аралашиб кетиши олдини олади.
Идда Қуръони карим ҳукми билан собит
бўлган.
Иддати муддати аёлларнинг ҳолатига
қараб турлича бўлади. Жумладан, талоқ
қилинган аёл уч ҳайз муддат кутади.
Аллоҳ таоло: “Талоқ қилинган аёллар
ўзларини уч ҳайз муддатида
кузатадилар” (Бақара, 228) деган.
Талоқ қилинганида ҳайз кўрган аёл
кўраётган ҳайзидан ташқари яна уч ҳайз
муддат кутади. Ўша пайтдаги ҳайз
ҳисобга кирмайди.
Кексалиги ёки ёши кичиклиги туфайли
ҳайз кўрмайдиган аёлнинг иддаси уч ой.
Ҳомиладор аёлнинг иддаси бола туғилиши
билан тугайди. Бу ҳақида Қуръони
каримда: “Аёлларингиз орасидаги ҳайз
кўришдан умид узганлари, агар
шубҳалансангизлар, бас, уларнинг
иддалари уч ойдир. Яна (ҳа ... Читать дальше »

Истиҳоза

Chorshanba01:02


Истиҳоза бирон хасталик туфайли
бачадондан эмас, жинсий аъзо томиридан
келадиган ҳидсиз қондир. Истиҳоза ҳайз
пайтида уч кундан оз ва ўн кундан кўп
муддатда, нифосда эса қирқ кундан сўнг
ҳам келади.
Истиҳоза қони баъзиларда тўрт,
баъзиларда етти-саккиз кун келади. Кўп
аёлларда истиҳоза қони келиш муддати
маълум бўлади.
Ҳомиладор хотинлардан, балоғатга
етмаган қиздан, одатдан қолган ёшдаги
аёлдан келган қон ҳам истиҳоза қонидир.
Истиҳоза жинсий аъзодан чиққани билан у
бурун, қулоқ каби аъзолардан чиққан қон
каби бўлиб, бу билан фақат таҳорат
бузилади. Истиҳоза қонининг келиши
давомли бўлса, аёл узр соҳибаси бўлади.
ﻋَﻦْ ﻋَﺎﺋِﺸَﺔَ ﺭَﺿِﻲَ ﺍﻟﻠﻪُ ﻋَﻨْﻬَﺎ ﻗَﺎﻟَﺖْ: ﺟَﺎﺀَﺕْ ﻓَﺎﻃِﻤَﺔُ ﺑِﻨْﺖُ ﺃَﺑِﻲ
ﺣُﺒَﻴْﺶٍ ﺇِﻟَﻰ ﺍﻟﻨَّﺒِﻲِّ ﺻَﻠَّﻰ ﺍﻟﻠﻪُ ﻋَﻠَﻴْﻪِ ﻭَﺳَﻠَّﻢَ ﻓَﻘَﺎﻟَﺖْ: ﻳَﺎ ﺭَﺳُﻮﻝَ ﺍﻟﻠﻪِ
ﺇِﻧِّﻲ ﺍﻣْﺮَﺃَﺓٌ ﺃُﺳْﺘَﺤَﺎﺽُ ﻓَﻼَ ﺃَﻃْﻬُﺮُ ﺃَﻓَﺄَﺩَﻉُ ﺍﻟﺼَّﻼَﺓَ ﻓَﻘَﺎﻝَ: ﻻَ ﺇِﻧَّﻤَﺎ ﺫَﻟِﻚِ
ﻋِﺮْﻕٌ ﻭَﻟَﻴْﺲَ ﺑِﺎﻟْﺤَﻴْﻀَﺔِ ﻓَﺈِﺫَﺍ ﺃَﻗْﺒَﻠَﺖْ ﺍﻟْﺤَﻴْﻀَﺔُ ﻓَﺪَﻋِﻲ ﺍﻟﺼَّﻼَﺓَ ﻭَﺇِﺫَﺍ
ﺃَﺩْﺑَﺮَﺕْ ﻓَﺎﻏْﺴِﻠِﻲ ﻋَﻨْﻚِ ﺍﻟﺪَّﻡَ ﻭَﺻَﻠِّﻲ . ﺭَﻭَﺍﻩُ ﺍﻟْﺒُﺨَﺎﺭِﻱُّ ﻭَﻣُﺴْﻠِﻢٌ
ﻭَﺃَﺻْﺤَﺎﺏُ ﺍﻟﺴُّﻨَﻦِ ﻭَﺍﻟﺪَّﺍﺭِﻣِﻲُّ ﻭَﺍﻟﺪَّﺍﺭَﻗُﻄْﻨِﻲُّ ﻭَﻓِﻲ ﺭِﻭَﺍﻳَﺔِ ﺍﻟْﺒُﺨَﺎﺭِﻱِّ
ﻗَﺎﻝَ: ﺛُﻢَّ ﺗَﻮَﺿَّﺌِﻲ ﻟِﻜُﻞِّ ﺻَﻼَﺓٍ ﺣَﺘَّﻰ ﻳَﺠِﻲﺀَ ﺫَﻟِﻚَ ﺍﻟْﻮَﻗْﺖُ.
Оиша розийаллоҳу анҳодан ривоят
қилинади: “Фотима бинти Абу Ҳубайш
Набий соллаллоҳу алайҳи ва саллам
... Читать дальше »

Нифос

Chorshanba01:01


“Нифос” сўзи луғатда “туғиш”, “қон”
маъноларини англатади. Шаръий
истилоҳда кўзи ёриган аёлнинг
бачадонидан келадиган қон “нифос”
дейилади. Нифоснинг энг кам
муддатининг чегараси йўқ, бир кун, бир
соат қон келиши, ҳатто умуман қон
келмаслиги ҳам мумкин. Бундай ҳолатда
аёл ғусл қилиб, намозини ўқийди, рўзасини
тутади. Нифоснинг энг кўп муддати қирқ
кундир. Қон келиши қирқ кундан ортиқ
давом этса, аёл ғусл қилиб, бандалик
вазифаларини адо қилаверади. Қирқинчи
кундан кейин келган қон узр қони
(истиҳоза) бўлиб, бунда ҳар бир вақт
намоз учун алоҳида таҳорат қилади.
Нифос муддати ичида кўрилган поклик
нифос ҳукмидадир. Яъни, ўн кун қон
келгач, беш кун тўхтаса ва яна ўн кун
келса, йигирма беш куннинг ҳаммаси
нифос муддатига киради.
Нифос ҳайзга яқин нарсадир. Уларнинг
ҳукмлари ҳам деярли бир хил. Жумладан,
аёл нифос вақтида эри билан жинсий
алоқа қилмайди, намоз ўқимайди, рўза
тутмайди. Бир сўз билан айтганда ҳайзли
аёлга қандай амаллар мумкин бўлмаса,
нифосли аёлга ҳам ўша амаллар мумкин
эмас.
Эгизак туққан аёлнинг нифос муддати
биринчи боланинг туғилиш вақтидан
бошланади. Сабаби бола туғилганидан
кейин келган қон нифос бўлади. Бунда
иккинчи бола туғилганидан кейин аёлнинг
иддаси чиққан бўлади. Сабаби
эгизакларнинг биринчиси туғилганида
... Читать дальше »

Ҳайз

Chorshanba01:00


“Ҳайз” сўзи луғатда “оқиш”, “сизиш”
маъносини англатади. Шариатда эса
балоғатга етган ва бола туғиш ёшидан
ошмаган аёлнинг бачадонидан маълум
кунларда келадиган қон ҳайздир. “Ҳайз
кўриш” тилимизда “ой кўриш”, “ойбоши”,
“одат” каби сўзлар билан ифодаланади.
Исломда поклик масаласи муҳим
саналгани боис ҳайз ва шу каби аёллар
поклиги билан боғлиқ ишларга илоҳид
диққат билан эътибор берилган. Қуръони
карим оятлари ва Расулуллоҳ соллаллоҳу
алайҳи ва саллам ҳадисларида бу
масалалар муфассал баён қилинган.
Аёл фаржидан уч хил қон оқади: ҳайз
қони, нифос қони ва истиҳоза қони.
Илк бор ҳайз кўрган аёл Одамнинг жуфти
Ҳавво онамиз эди. Ҳавво жаннатдан
чиққач ҳайз кўра бошлаган. Жаннатда
ҳайз кўрмас эди. Нима сабабдан деб
сўралса, жаннатда ҳомиладор бўлиш ва
туғиш каби нарсалар йўқ эди.
Ҳайзнинг энг кам муддати уч кечаю уч
кундуз (72 соат), кўпи ўн кун (240
соатдир). Уч кундан оз ва ўн кундан кўп
келган қон ҳайз қони эмас, хасталик
оқибатидир. Ҳайз ва поклик муддатининг
узун ва қисқалиги тана тузилиши, соғлиқ,
шароит, ейиладиган таомнинг танага
таъсир қилишига боғлиқ.
Одатда ҳайзнинг ранги қорамтир ва ҳиди
ёқимсиз бўлиб, оғриқ билан келади. Ҳайз
қонининг рангини бузилган овқатлар
ўзгартиради. Яшил ранг қон ёши улғайиб
қолган хотинларда келади.
Ҳай ... Читать дальше »

« 1 2 3 4 5 »
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Каердан Ташриф Буюрасиз?
Всего ответов: 176
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama