Tish tozalash osonmi?

Juma23:02


Ko‘pchilik tish cho‘tkasiga pastani surtib, so‘ng
bir-ikki marta yurgizsam, tish top-toza bo‘ladi,
deb noto‘g‘ri o‘ylaydi.

Tishlar ustida yelimga o‘xshash qalin parda
mavjud, ana shu yelimda behisob mikroblar
yashaydi. Shuning uchun tishni tozalayotganda
pardani sidirib tashlash kerak. Bir marta tish
tozalangach, haligi parda yana paydo bo‘ladi.
Qahva, qora choy va sut ichgandan so‘ng og‘iz
yaxshilab chayilsa, tish ustidagi parda
qalinlashmaydi.

Pardani sidirib tashlash uchun tish yuzasida
cho‘tkani kamida 20 marta yurgizish lozim.
Buning uchun ko‘pi bilan 4 daqiqa vaqt ketadi.
Agar tishlarni tozalashdan oldin ichimlik sodasi
eritilgan suv bilan chaysangiz, parda
yumshaydi va ko‘chishi osonlashadi.
Cho‘tka bilan tozalaganda tishlarning bor-yo‘g‘i
30 foiz joyi tozalanadi xolos. Shuning uchun
tishlar orasidagi mikroblarni chiqarib tashlash
uchun maxsus ip, tish kovlagich ishlatgan
ma’qul. Tishlar yaxshilab tozalanmasa, orasi
yallig‘lanadi.

Mikroblar paradont qismiga o‘tib oladi, endi u
yerdan mikroblarni chiqarib bo‘lmaydi.
Oqibatda mikroblar tishlarning asab tolalari va
suyagini ham yemira boshlaydi. Bunday
bo‘lmasligi uchun vaqti-vaqti bilan tish
shifokoriga uchrashib, uning maslahatlarini olib
turish zarur. Tish yuvganda milk qonasa ham,
albatta, shif ... Читать дальше »

Barmoqlaringiz uzunligi siz haqingizda nima deydi? (Psixologik test)

Seshanba14:48


Bu oson. Qo’lingizga qarang va ko’rsatgich
barmoq bilan nomsiz barmoqning (ya’ni to’rtinchi
barmoq)uzunligini solishtiring. Endi javoblarni
o’qing:

1. Ko’rsatgich barmoq nomsiz
barmoqdan kaltaroq bo’lsa.
Bunday odamlar ko’rinishi ko’rkam,
jozibadordirlar. Gaplari ma’noli bo’ladi.
Odamlarning diqqatini osongina jalb qila oladilar.
Ular boshqalarga qaraganda juratli, tavakkal
qilishga o’ch va muammolarni osongina hal qila
oladilar. Ularning o’ziga xos sifatlardan yana
biri- suhbatdoshlariga nisbatan xamdard va
qayg’udosh bo’la olishlaridir. Bunday odamlardan
ajoyib muhandis, olim va krossvord ustalari
yetishib chiqadilar.

2. Ko’rsatgich barmoq nomsiz
barmoqdan uzunroq bo’lsa.
Bunday odamlar o’ziga ishongan bo’ladilar.
O’zlari mansub bo’lgan tabaqadan
rohatlanadilar, bekorchi ishlar bilan bezovta
qilishlarini yoqtirmaydilar. Biznes uchrashuvimi
yoki ishqiy munosabatmi, farqi yo’q, ular hech
qachon birinchi bo’lib tashabbus
ko’rsatmaydilar. Ammo e’tiborni qadrlaydilar va
maqtov hamda iltifotlarni xush ko’radilar.

3 Ko’rsatgich va nomsiz
barmoqlarning uzunligi bir xil bo’lsa.
Bunday barmoq soxiblari sulhparvar va ko’ngli
ochiq odamlardir, ziddiyatlarni yoqtirishmaydi.
Turmush tarzlari batartib, hamma bilan murosa
qila oladilar. Bunday odamlar yaqinla ... Читать дальше »

Mahatma Gandidan ibratli 5 fazilat

Dushanba00:49


“Bugun biz tashlayotgan qadam kelajakning
ibtidosidir”.
Mahatma Gandi

1. O‘zgarmoqlik
“Sen dunyoni qanday ko‘rishni xohlasang,
shunga ko‘ra, avvalo o‘zing o‘zgar”.

2. Savolni to‘g‘ri bermoqlik
“Savolning kuchi shundaki, u inson
kamolotining negizidir”.

3. Muntazam harakatda bo‘lmoqlik
“Bizni muntazam harakatga undovchi ichki
turtki mavjud. Bu – qiziquvchanlikdir. Natijani
yoki o‘z imkoniyatimizni bilishga bo‘lgan
qiziqish. Birgina kichik qadam ulkan rejani
amalga oshirishi va siz birinchi qadamni hoziroq
tashlashingiz mumkin”.

4. Kechirimli bo‘lish
“Ojizlar kechirishni bilishmaydi. Kechira olish –
kuchlilarga xos fazilat. Kechirimlilik – ruhiy
kamolot belgisi”.

5. E’tiqodni mustahkamlamoqlik
“Sizning e’tiqodingiz – sizdagi o‘y-
xayollarning poydevoridir. Siz gapirayotgan
gap – kechinmalarning mevasi va mavridi kelib,
bu so‘zlar muntazam harakatga, harakatimiz
doimiy odatga aylanadi. Bizning qadr-
qimmatimiz odatlarimizga ko‘ra belgilanadi.
Qadr-qimmatimiz esa taqdirimizga aylanadi”.

Barmoqlaringiz shakli siz haqingizda nima deydi?

Shanba01:58


Barmoqlaringiz shakli siz haqingizda ko’pgina
narsalarni anglatishi mumkin. Bugun
Gooper.uz ‘da shu haqida ma’lumot beramiz!

“A” harfi ostida yashiringan barmoq shakli sizni
o’z hissyotlaringizni berkitishingizdan dalolat
beradi. O’zingizni ishonchli va mustaqil
tutsangizda, sizni biladigan insonlar bunga
shubxa bilan qarashlari mumkin. Odatda siz
haqiqatgo’y bo’lib, yolg’onchilarni yoqtirmaysiz.
Ba’zi hollarda hayajonga berilsangiz ham, siz
yaxshilikka intilasiz. Sizni hayotingiz quvonchga
to’la bo’lib, yuragingiz keng. Siz o’zgalarga
hamisha qattiq qo’l ko’rinishingiz mumkin.
Vaqti-vaqti bilan o’zingizni g’ayri oddiy
tutishingiz ham ehtimoldan holi emas.

“B” harfi ostida yashiringan barmoq shakli sizni
o’z kuchingizga ishonchsizligingizni bildiradi.
O’zingizga notanish insonlar bilan noqulaylik his
qilasiz. Siz osonlik bilan o’zingizga muhim
bo’lgan, hamda sizga yaxshi munosabatda
bo’lgan insonlarni sevib qolishga moyilsiz. Agar
siz nimanidir mo’ljal qilgan bo’lsangiz, bu
yo’lingizda muvaffaqiyatsizlikka uchrashdan va
noxush holga tushib qolishdan qo’rqmaydigan
insonsiz.

“C” harfi ostida yashiringan barmoq shakli, sizni
dunyoning farishtasi ekanligingizdan dalolatdir.
Siz hayajonlarga beriluvchansiz. O’ylab
o’tirmasdan ham sizni g’ashingizni keltiradigan
na ... Читать дальше »

Kaftingizdagi “M” harfi nimani anglatadi?

Payshanba01:57


Ba’zida kaftimizdagi chiziqlar
birlashib, har-xil figura,
uchburchak, kvadrat shaklini
berib qolmasdan, yaqqol
ko’rinadigan harflarni ham
ko’rsatadi. Bu harflardan biri
“M” harfidir. “M” harfining
chetki qismida Hayot chizig’i va
yurak chizig’i bolib, uning
o’rtasida Mars tepaligidan Bosh
chizig’i joylashgan, u, Apalon
chizig’i va Yurak chizig’i bilan
“M” harfini keltirib chiqradi. Shu
bilan bir qatorda na Bosh
chizig’i va na Apalon chizig’i bir-
biri bilan tutashgandan so’ng
chiziqlarning davomiyligiga ega
bo’lmaydilar.

Folbinlar ta’kidlashicha kaftda
“M” harfini yaqqol ko’rinishi uni
egasiga yaxshi a’lomat
ekanligini uqtirganlar. Folbinlik
bilan runik yozmalar bir-biri
bilan mustahkam bog’langanligi
sabab “M” harfi Evaz runasi ham
hisoblanadi. Evaz runasi
hayotingizni har-xil javhalarida
muavffaqiyatga erishishingizni
ko’rsatib, sizni muavffaqiyatli
loyihalarni, hissiyotlaringizni va
qat’iyatliligingiz yuqori darajada
ekanligini bildiradi.
Bundan tashqari kaftida “M”
harfi yaqqol ko’ringan insonlar
uchun hamma yo’llar
ochiqligidan dalolat beradi. “M”
harfi yaqqol ko’ringan insonlar
ko’p hollarda o’z ishlarining
ustalari bo’lib, hayotda hamma
narsaga ega bo’lishlari mumkin.

O‘zbekchasini unutganlar uchun mitti lug‘at

Dushanba18:15


So‘zlashuv tilida juda ko‘p
o‘zbekcha yoki o‘zbekchalashgan
so‘zlarning o‘rnini yot so‘zlar
egallab olgan. Aslida, bu
so‘zlarning soddaroq, qisqaroq,
tushunarliroq o‘zbekcha shakli
bor. Lekin negadir begona
so‘zlarni qo‘llayveramiz. Bu narsa
ongimizga shu qadar singib
ketganidan qanday holga tushib
qolganimizni sezmaymiz ham.
Taqvimning bu galgi soni til
mavzusiga bag‘ishlangani bois
shunday so‘zlardan ayrimlari
uchun kichik bir lug‘at tuzdik.
Ba’zilar lug‘atimizdagi so‘zlar
yanglish yozilibdi, ruscha imlosi
boshqacha bo‘ladi, deb e’tiroz
bildirishi mumkin. Bu e’tiroz
o‘rinsiz. Chunki biz o‘zbekmiz,
o‘zbekcha talaffuz qilamiz. Shu
sababli tilimizdagi begona
so‘zlarni ham o‘zbekcha imloda
beramiz.

Avans – bo‘nak.
Aklad – oylik, maosh.
Balnisa – kasalxona, shifoxona.
Brat – aka, akaxon.
Vapshe, obshe – umuman. Aslida
“umuman” so‘zini ham iloji
boricha kam ishlatgan ma’qul.
Golubsi – do‘lma.
Da (telefon ko‘tarilganda) –
eshitaman, labbay. Yoki xalqaro
“alo” so‘zini ham ishlatish
mumkin.
Izdivatsa qilmoq – ustidan
kulmoq.
Kanikul – ta’til.
Kapcho‘niy – dudlangan, qoq, sur.
Karochi – qisqasi.
Koja – teri, charm, ko‘n.
Mazgi – miya.
Malades – yashang, yasha,
yashavor. Eskil ... Читать дальше »

Эркак ва аёлнинг физиологик фарқи

Dushanba01:18


Эркаклар мантиққа таяниб,
аёллар эса кўнглига қулоқ
солиб иш тутишининг
сабаби бор экан. Болаликда
бу фарқ деярли билинмаса,
катта бўлганда аниқ намоён
бўлар экан. Эркак ва аёлнинг
нафақат ўзларини тутиши
ҳар хил, балки уларнинг
фикрлаши ҳам тубдан фарқ
қилар экан.
Пенсильвания
универститетининг
тадқиқотларига кўра, эркак
ва аёлнинг фикрлаши ва
ҳаракатининг тубдан фарқ
қилиши уларнинг миясидаги
физиологик жиҳатлардан
келиб чиқади.
Демак,
1. Эркаклар бир манзилни
харита ёки аниқ манзилга
қараб, аёллар эса йўлдаги
нарсаларни эслаб излайди;
2. Эркаклар буюм ва
муаммоларни таҳлил қилади,
аёллар уйғунлаштиради;
3. Эркаклар жисмонан
эгилувчан эмас, аёллар жуда
эгилувчан бўлади;
4. Аёллар бир нечта
вазифани бир вақтнинг
ўзида эркакларга нисбатан
яхшироқ бажаради;
5. Аёлларни бош оғриғи
кўпроқ безовта қилса,
Паркинсон касаллиги кўпроқ
эркакларда учрар экан;
6. Аёлларнинг мияси
эркакларникига нисбатан
олдинроқ қарийди;
7. Аёлларда икки яриммия
орасидаги боғлиқлик кучли
бўлса, эркакларда
яриммиянинг ичидаги
боғлиқлик кучли экан.
Натижада эркакларда
маълумотни қабул қилиш
билан фаолият кўрсатишда
узвий боғлиқлик мавжуд
бўлса, аёлларда маълумот ... Читать дальше »

Жинсидаги жажжи чўнтакнинг вазифасини кўпчилик билмас экан

Payshanba03:23


Чўнтак ҳар доим кийимларга
хос моданинг ажралмас
детали бўлган. Айниқса,
сўнгги пайтларда
кийимларда «сохта»
чўнтаклар сони кўпайиб
бормоқда.
Жинси шимида мавжуд
чўнтаклар доимо аёлларга
ҳам, эркакларга ҳам маъқул
келган. Иккита олд ва иккита
орқа чўнтаклар, шу билан
бирга шимнинг олд томони,
ўнг қисмидаги асосий
чўнтакнинг юқорисига
тикилган тўғри тўртбурчакли
жажжи чўнтаклар биз учун
яхши таниш. Аммо мана шу
жажжи чўнтакнинг ҳам ўз
тарихи бор экан.
Сизнинг-ча, бу чўнтак нима
учун керак? Ундан
бугунгидек танга-чақаларни
олиб юришда
фойдаланилган деб
ўйласангиз, хато қиласиз.
Табиийки, у пайдо бўлган
вақтда ҳали смартфон уёқда
турсин, оддий телефон ҳам
ихтиро қилинмаган эди.
Quora ижтимоий форумида
кўтарилган бу савол
кўпчиликнинг фикр-
мулоҳазасига сабаб бўлди.
Аниқ жавобни эса
тўқимачилик соҳаси
эксперти Рената Яноскова
маълум қилган.
Унинг Америкада жинси
шимлари билан таниқли Levi
Strauss брендига асосланиб
маълумот беришича, сирли
чўнтак бир неча йиллар
олдин ён соат, яъни чўнтак
соатни олиб юришга хизмат
қилган экан.
Аниқлик киритилишича,
қадимда, яъни 1800-
йилларда кавбойлар
занжирли ён чўнтакларини
нимчаларида сақлаганлар. ... Читать дальше »

СЕМИРИШГА ТЎСИҚ БЎЛУВЧИ 9 ОМИЛ

Payshanba03:11


Бугунги кунда бутун дунё
аҳолиси орасида ортиқча
вазндан қийналаётган, ундан
қутулишга ҳаракат
қилаётганлар билан бир
қаторда етарлича вазн йиға
олмаётган, семиришга
ҳаракат қилиб бунинг
уддасидан чиқа
олмаётганлар ҳам анчагина
миқдорни ташкил этади.
Етарлича вазнга эга
бўлмаслик одатдаги
турмушда кўплаб
ноқулайликларни юзага
келтириши билан озғин
одамларни ранжитади.
Жумладан, озғин
одамлардаги, айниқса
йигитлардаги энг катта
муаммолардан бири бу
кийим билан боғлиқ бўлиб,
аксарият ҳолатда кийим
уларга “ўтирмаганини” ҳис
қилишади. Бундан ташқари
қарама-қарши жинс вакили
олдида хижолат бўлиш,
омма томонидан
аҳамиятини ҳис
қилинмаслиги шулар
жумласидандир. Ҳақиқатдан
ҳам, кўпчилигимиз ёшига,
бўйига нисбатан озғин
бўлган эркакларни
кўрганимизда, айниқса
биринчи учрашувда улардан
унчалик ҳайиқмаймиз ёки
жиддий қабул қилмаймиз, бу
эса эркак киши учун жиддий
муаммолардан бири
ҳисобланади.
Аслида нормал вазн қанча
бўлиши керак? Бунинг жуда
оддий формуласи мавжуд
бўлиб, бўйингиз узунлигидан
100 ни айриб ташлаб, қанча
массага эга бўлишингиз
кераклигини билиб
олишингиз мумкин. Масалан,
бўйингиз 175 см бўлса,
демак сиз ўртача 75 кг
масс ... Читать дальше »

Бананга ёпиштирилган ёрлиқчалар нимани билдиради?

Payshanba02:44


Бананга ёпиштирилган
“наклейка”ларни кўргансиз.
Аммо бу код нимани
билдириши ҳақида
хабарингиз борми?
1. Агар 4 хонали код 3 ёки
4дан бошланса, мева
интенсив қишлоқ
хўжалигини
етиштирилганлигини,
шунингдек, ўғит ва пестицид
солинганини билдиради.

2. Агар маҳсулот коди 5
хонали бўлиб 9дан
бошланса, ота-бобомиздан
қолган минг йиллик усулда
етиштирилганлигини
билдиради. Бу органик
услубдир, бошқачасига
айтганда кимёвий ўғит ва
пестицид қўшилмаган.
Баҳузур еяверинг, ош бўлсин.
3. Агар мева коди 5 хонали
бўлиб 8дан бошланса,
генетик ўзгартирилган
бўлади. Русчаси ГМО,
ўзбекчада эса ГЎМ (генетик
ўзгартирилган маҳсулот)
дейилади. Эҳтиёт бўлинг.



Сиз бу ҳақда билиб олдингиз.
Бошқаларга ҳам улашинг.

Табиий равишда бўйни ўстириш йўллари

Seshanba00:35


Боланинг бўйи қанча бўлиши
биринчи навбатда ирсиятга
боғлиқ, лекин баъзи табиий
йўллар билан боланинг
бўйини баландроқ бўлишига
эришиш мумкин. Бу ҳақда
Жанубий Корея
мутахассисларининг
маълумоти:
Боланинг бўйи ўсишига уч
омил билан таъсир қилса
бўлади:

1-омил – Овқатланиш.
Оқсилга бой маҳсулотлар
(қизил гўшт, тухум ва
бошқалар), яшил рангдаги
сабзавотлар ва кальций
моддасига бой маҳсулотлар
(сут ва сут маҳсулотлари,
қатиқ ва қатиқ
маҳсулотлари, пишлоқ ва
ҳоказо) боланинг бўйи
ўсишига ижобий таъсир
кўрсатади. Боланинг
кундалик рационида ушбу
маҳсулотлар бўлиши шарт.
2-омил – Ухлаш.
Албатта ҳар бир бола
ухлайди, лекин бўй ўсиши
учун шунчаки ухлаш эмас,
балки чуқур уйқуда бўлиш
керак. Уйқу 4 фазадан
иборат бўлиб, тун
мобайнида бу фазалар ўрин
алмашади. Ушбу фазалардан
бири чуқур уйқу фазаси
бўлиб, шу даврда бўй ўсиши
учун жавоб берадиган без
фаолияти тезлашиб бўйни
ўстирадиган гормон яхши
ишлаб чиқарилади.
Натижада боланинг бўйи
ўсади. Шунинг учун болага
чуқур уйқуда бўлиш учун
шароит яратиб бериш керак.
Кун мобайнида жисмоний
активлик бунга асқотади.
Компьютер ўйинларини
ўйнаш, телевизор кўриш
каби машғулотлар чуқур
уйқуда бўлиш ... Читать дальше »

Оғиз ҳидланишига қарши 10 та муҳим тавсия ва фойдали ўсимликлар

Juma16:02


Овқат ҳазм қилиш тизими
билан боғлиқ касалликлар,
тиш ва милк муаммолари,
шу билан бирга томоқ-бурун
хасталикларида оғиздан
ёмон ҳид келиши
кузатилиши мумкин. Бу
муаммонинг бош сабабчиси
овқат ҳазм қилиш
тизимидаги патологик
ўзгаришлардир. Масалан,
ичаклар ва ошқозон
микрофлорасининг
бузилиши, қабзият,
ошқозоности бези
фаолиятининг бузилиши,
жиғилдон қайнаши, меъда
яллиғланиши каби сабаблар.
Қуйида сизга уларнинг
олдини олиш бўйича
тавсияларни берамиз.
Озиқ-овқатларни
аралаштириб истеъмол
қилманг!
Ичаклар микрофлораси
мингдан ортиқ
ферментлардан иборат. Ҳар
бир ферментнинг ўз
вазифаси бор. Агар улардан
бирортасининг фаолияти
бузилса, микрофлора тизими
издан чиқади. Бунинг
натижасида эса овқат
ичакларда яхши сўрилмайди,
ҳазм қилиш жараёни
бузилади. Яхши ҳазм
бўлмаган, сингмаган
таомдан пайдо бўлувчи
бадбўй ҳид ичак йўллари
орқали оғиздан кела
бошлайди.
Бундай ёқимсиз ҳолга
чалинмаслик учун турли
таомларни аралаштириб
истеъмол қилманг. Таомни
ширин ичимликлар билан
ейишдан ўзингизни тийинг.
Таомни оддий қайнатилган
илиқ сув билан истеъмол
қилган маъқул. Ёғли
овқатлардан олдин
ширинлик еманг. Овқатни
ҳазм қилишда муаммо < ... Читать дальше »

« 1 2 3
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Каердан сайтимизни Топдингиз?
Всего ответов: 112
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama