Chorshanba17:46
![]() Onaning holati Bu haftada o'sib borayotgan qorningiz sizga oz muncha tashvish ham keltirishi mumkin. Agar bola bu davrga kelib boshi bilan pastga joylashib olgan bo'lsa, uning oyoqlari sizning qovurg'alaringizga botishi sezilishi mumkin. Shuning uchun maksimal ravishda qaddingizni rostlab yuring. Hozirgi kunda siz uchun eng katta muammo bu organizmda suv miqdorining ushlanib qolishi. Buni qo'l va oyoq barmoqlari shishganidan bilsa bo'ladi. Uzuk va taqinchoqlarni yechib tashlaganinzgi ma'qul. Siqib yopishib turadigan kiyimni ham kiymaslikka harakat qiling. Dam olish siz uchun eng muhim narsa. Kunduz kuni albatta dam oling, kechki uyquga ham vaqtliroq keting. Imkoniyatingiz bo'lsa, bo'lajak onalar uchun maxsus kurslarga qatnashing. Kindigingiz borgan sari kengayib yassi ko'rinishga kelmoqda. Kunduz kuni kamida 1-2 soat davomida uxlang. Oyoqlaringizni gorizontal holatda ushlang. Agar uyqusizlik sizni bezovta qilayotgan bo'lsa, uxlashdan oldin homiladorlar uchun maxsus relaksatsiya mashg'ulotlarini bajaring. Yon tomonda oyqlaringiz orasida yostiq qo'yib uxlang. Shifokor bilan maslahatlashgan holda anemiyani aniqlash, rezus- faktor yoki boshqa kerakli analizlarni topshiring. Agar siz juda ham
...
Читать дальше »
Chorshanba17:43
![]() Onaning holati Urug'lanish davridan boshlab bachadoningiz ancha kattalashgan. Endi fiziologik anemiiya keskinligini yo'qotmoqda. Qizig'i shundaki, homilador ayollarning tushlari juda ravshan va rangbarang bo'ladi. Faqat tundagi siydik qistashi sizni tobora ko'proq bezovta qiladi. Aslo siydigingizni ushlab yurmang, bu siydik pufagini yallig'lanishiga olib kelishi mumkin. Endi siz bolaning tizza va tirsaklarini ajratishni ham o'rganib olgan bo'lishingiz mumkin. Lekin uning harakatlari ancha sustlashgan va oldinchalik o'tkir emas. Bachadon ichidan kelayotgan sekin urilish bu bolaning hikichoq tutishi bo'lishi mumkin. Bola amniotik suyuqlikni ichib yuborishi ko'pincha hikichokni qo'zg'atib yuboradi. Onaning uyqusi ancha buzilgan bo'lishi mumkin. Oldin bezovta qilgan ich qotishi, tomirlarning kengayishi, beldagi og'riqlar, quloq bitib qolishi, burun va milklarning qonashi sizni hali ham tark etmagan. Lekin ba'zi ayollar bunday holatlardan butun homiladorlik davomida xoli bo'ladilar. Kindigingizdan pastga tomon cho'zilgan chiziqning rangi to'qlashmoqda. Kechki toksikoz xavfi hali ham mavjud. Shuning uchun vazningizga ahamiyat berishingiz lozim. Katta odamning qoni o'rtacha 4-4.5l
...
Читать дальше »
Yakshanba15:50
![]() Onaning holati Endi Brekston Xiks tug'luqlari muntazamlashmoqda. Bu og'riqlar bachadonning yuqori qismida boshlanib keyin past tomonga yoyilib yo'q bo'ladi. Ba'zi ayollar bu haqiqiy tug'luqlar deb bezovta bo'ladilar. Lekin ularning haqiqiy tug'luqlardan farqi ular tez tugab, yaqin orada qaytmaydi. Agar suv ketib qolsa, ya'ni qindan tiniq suv ajralishi namoyon bo'lsa, bu tug'ish jarayoni boshlanganidan dalolat beradi. Homiladorlikning bu davrida ko'pincha ultra tovushli diagnostika qilinadi. Bunda bolaning joylashuvi, homila oldi suvlar miqdori, yo'ldoshning holati va uning yetukligi aniqlanadi. Bolaning holati Bolaning uzunligi 42 sm Og'irligi 200 gr Bolaning boshidagi sochlari qalinlashgan, lekin ularning rangi bola kattaroq bo'lganidagi rangdan farq qiladi. Uning momiq tuklari deyarli to'kilib bo'lgan, lekin yangi chaqaloq moyi miqdori ko'payib bormoqda. Bolaning buyrak usti bezlari kattalarnikiga nisbatan 10 barobar ko'proq steroid gormonini ishlab chiqmoda. Bu gormon laktasiya, ya'ni ona ko'kragiga sut kelishini ta'minlaydi. Undan tashqari bolaning buyrak usti bezlari razmeri ham xuddi kattalarniki singari bo'ladi, faqat tug'ilganidan so'ng ular kichiklashadi. Bola o'z suyaklarini o'stirish
...
Читать дальше »
Yakshanba15:48
![]() Onaning holati Sizning qorningiz ko'krak qafasingizni siqishni boshlamoqda, sizga nafas olish va ovqatni hazm qilish borgan sari qiyinlashmoqda. Kun mobaynida tez-tez oz-ozdan yeganingiz ma'qul. Ko'proq dam oling, shishlarni oldini olish maqsadida uzoq vaqt davomida o'tirgan yoki turgan holatda bo'lmang. Agar uzoq yo'lga mashinada ketayotgan bo'lsangiz, orada toza havoga chiqib mushaklaringizni u'qalab qo'ying. Hozir sizni uyqusizlik yoki uyqu bilan bog'liq muammolar bezovta qilishi mumkin. Kechasi uyquga ketolmaslik yoki yaxshi uxlab qolib keyin tun orasida uyg'onib qayta uxlolmaslik, uyquning chuqur bo'lmasligi, tuni bilan g'imirlab joy topa olmasligingiz sizni qiynab yuborishi mumkin. Bu muammolarni hal qilish maqsadida uxlatadgan dori vositalaridan aslo icha ko'rmang. Bu yoqimsiz holatni sizni tabiat ona bo'lganingizdagi bo'lajak uyqusiz tunlarga tayyorlamoqda deb o'ylang. Undan tashqari siydikning tez-tez qistashi va beldagi og'riqlar ham sizni chuqur uyquga ketishingizga xalaqit qiladi. Homiladorlik davrida sizning qoriningiz shakli va kattaligi sizning bo'yingiz, og'irligingiz, suyaklaringiz yo'g'on yoki ingichkaligiga bog'liq. Bolaning holati Bolaning uzunligi 45 sm Og'irl
...
Читать дальше »
Yakshanba15:43
![]() Onaning holati Bachadon yuqori qismi shundoq ko'krak tagida joylashgan. Nafas olish qiyinlashmoqda, gohida bolaning oyoqlari sizning qovurg'alaringizni tepkilab og'ritib qo'ymoqda. Endi sizning butun hayotingiz va xayolingiz bo'lajak onalik davri bilan bog'liq. Siz bu kunlarga kelib ancha charchagan bo'lishingiz mumkin, lekin buning mevasi sizning taqdiringiz, sizning hayot mazmuningiz - farzandingizdir. Qaysi tug'ruqxonada qanday yo'l bilan tug'ish haqida ginekolog bilan oldindan gaplashib oling. Endi siz tuqquningizcha ginekolog huzurida 1 haftada bir marta bo'lishingiz kerak bo'ladi. Ko'pchilik bolalar tug'ish yo'llari tomon boshi bilan joylashgan bo'ladilar. Lekin bolalarning 4 foizi tozi bilan tug'ilish tomonga qaragan holda joylashib olishi mumkin. Xavotir olmang. Bu haqda oldinroq biib oldingi haftalarda tavsiya etilgan mashg'ulotlarni amalga oshirib ko'ring. Ko'pincha bola boshi bilan ag'darilib oladi. Shu davrda ona ishlamay bo'lajak tug'ish jarayoniga jismonan va ruhan tayyorlanish tavsiya qilinadi. Agar bola hozir tug'ilib qolsa, u bemalol yashab ketadi. Bolaning boshi sizning tozingizga bosim berishi mumkin. Kattalashgan qorningiz sizning harakatlaringiz muvofiqligini buzmoqda, shuning uch
...
Читать дальше »
Shanba02:26
![]() Onaning holati Shu hafta yoki keyingi haftalarda tug'ish alomatlari paydo bo'lishi mumkin. Bu degani bola boshi (agar uning holati boshi bilan pastga bo'lsa) bilan toz tomon tobora ko'proq tushganini bildiradi. Natijada sizga nafas olish osonlashadi, lekin siydik qistashi bolaning siydik pufagini ezishi tufayli ko'payadi. Tez-tez siyib siydik pufagingizni bo'shatib turing. Bola hozir juda tez o'sib 40- haftaga kelib uning oyoqlari sizning ko'krak qafasingizni taqab turadi. Homiladorlikning oxirgi davrlarini yodingizda ushlab qoling bu davrdan zavqlaning. Bolangizni sizning bag'ringizdagi qimirlashlarini eslab qoling, siz ularni hali sog'inasiz. Agar tug'ruq boshlanib qolsa, shifoxonaga borish imkoniyatingiz doim tayyor ekanligiga amin bo'ling, o'sha payt mashina topilmay qolsa, Tez yordam chaqiring. Homiladorlikning oxirgi haftalarida shifokor huzurida quyidagi testlar amalga oshiriladi: - vazn va qon bosimini o'lchash; - siydik analizlari; - bolaning yurak urishini aniqlash; - bachadon o'lchovlari; - bolaning razmeri va joylashgan holatini aniqlash; - onaning qo'l va oyoqlarida shishlar yo'ligiga amin bo'lish; - onani bezovta qiladigan savollarga javob olish. Bolaning holati Bola
...
Читать дальше »
Shanba02:25
![]() Onaning holati Haqiqiy tug'luqlar boshlanishidan oldin siz aldamchi tug'luqlarga duch kelishingiz mumkin. Ular Brekston -Xiks tug'luqlaridan farqlanadi. Haiqiqiy tug'ish jarayoni boshlandimi, yo'qmi siz o'zingiz his eta olasiz. Ba'zi- ba'zida qorin va toz sohangizda keskin elektrik tok o'tgandek og'riqlar bolaning boshi tozda mahkamlanayotganidan va sizning asablaringizga tegib ketayotganidan dalolat beradi. Homiladorlikning oxirgi haftasidagi kichik bir noqulaylik qorinda striya cho'zilishning paydo bo'lishidir. Bu qizg'ish rangdagi chiziqlar bo'lib, qorin va bo'ksalarda namoyon bo'ladi. Shunday bo'ladiki, bugun uyquga ketganingizda yo'q bo'lib, ertasi kuni ertalabdan ular ko'p tarqalgan bo'lishi mumkin. Tuqqaningizdan keyin ular bunchalik ko'rinarli bo'lmay, rangi ochilib ketadi. Ko'kraklar hajmi og'irlashib ketgan. Ulardan og'iz suti ajralishi sizni ona bo'lishingizga tayyorlamoqda. Bolaning harakatlarini kuzatib yuring. Uzoq vaqt mobaynida bola qimirlamay qolsa, bu haqda shifokorga xabar bering. Bolaga hech narsa qilmagan bo'lsada, u qiynalayotgan bo'lishi mumkin. Qindan qon yoki suyuqlik ajralishi tug'ish jarayoni boshlanayotganidan dalolat beradi. Qon ajralishi esa biroz xavfliroq holat d
...
Читать дальше »
Shanba02:23
![]() Onaning holati Hozir bachadon bo'yni qisqarib ochilmoqda. Siydik pufagi esa o'zida juda katta bosim his etmoqda. Tug'ish payti yaqinlashayotgan sari biroz asabiylashishingiz mumkin. Tug'ish jarayoni boshlanayotganidan muntazam ravishda qaytarilayotgan tug'luqlar dalolat beradi. Tug'ish jarayoni Tug'ish jarayoni yaqinlashmog'i haqida yana bir belgi suv kabi suyuqlikning qindan ajralishi yoki biroz xavfliroq holatda qon ajralishi. Bunda tezda shifoxonaga borish yoki Tez yordam chaqirtirish talab etiladi. Tug'ishdan oldin bolaning boshi tozda yaxshilab o'rnashib oladi. Bu holat uning tug'ish jarayonida oson harakatlanishiga yordam beradi. Ayniqsa oldin tuqqan ayollarda bunday bo'ladi. Shuning uchun tuqqan ayollarda tug'ish jarayoni osonroq, davomiyligi esa qisqaroq bo'ladi. Saboq.Moy.Su saytidan olingan. Bolaning holati Bolaning uzunligi 50 sm Og'irligi 3000 gr Bola asosiy momiq tuklarini yo'qotib bo'ldi. Oyoq barmoqlaridagi tirnoqlari o'sib bo'ldi. Bolaning kindik ichakchasi 1.3 sm qalinlikda bo'lib u orqali xali ham ozuqa moddalari bolaga yetkazilib berilmoqda. Sizning qoningizdagi antimoddalarning kichik miqdori bolaning qoniga yo'ldosh orqali o'tib qolishi mumkin. Bu uning immun tizimi ishga tushishi
...
Читать дальше »
Shanba02:21
![]() Onaning holati Bola tug'ilishini kutayotib tinch bo'lishga asabiylashmaslikka harakat qiling. Og'riqlar bezovta qilgan payti chuqur nafas oling. Homiladorlikning oxirgi kunlarida yoningizda doim yaqinlaringizdan kimdir bo'lishi kerak. Tug'luqlar boshlanib qolganda shifoxonaga borish uchun sizga yordam kerak bo'ladi. Shifokor tug'ish muddatini belgilagan bo'lishiga qaramay, aynan o'sha kuni tug'ishingiz ehtimoli juda kichik. Shuning uchun tug'ish jarayoniga oldindan tayyor bo'lib yuring. Siz endi umuman sekin harakatlanadigan, bir joyga sig'maydigan bo'lib qoldingiz. Siz tug'ishga shoshayotganingiz bilan endi oz qolganini bilib turibsiz. Uxlayotganda qulay holatda bo'lish juda qiyin bo'lmoqda. Lekin ko'proq dam olish haqida unutmang. Uyqingiz kelmasa ham, yotib yaxshi niyatlar qilib yoting. Tug'ish jarayonida sizga juda ko'p kuch kerak bo'ladi. Bolaning harakatlariga ahamiyat berib yuring. Uning uzoq vaqt harakat qilmasligi u qiynalayotganidan dalolat berishi mumkin. Aldamchi tug'luqlar soni ko'payib borishi mumkin, lekin ba'zi ayollar ularni sezmay birdaniga haqiqiy tug'luqlar bilan tug'adilar. Vahimada va xavotirda bo'lmang. Tug'ish jarayonida kerak bo'ladigan nafas olish mashg'u
...
Читать дальше »
Shanba02:18
![]() Homila razmerlari tezlik bilan ko'payadigan davr. Uchinchi trimestr mobaynida homila o'rtacha 3.2-3.5 kg og'irlikda bo'lib, bo'yi o'rtacha 48-52 smga teng bo'ladi. Homiladorlikning 7 oyi ham yetib keldi. Ko'pchilik ayollar shu muddatga kelib yana oz qolganidan yengil tortadilar. Homiladorlikning ushbu muddatida bachadon razmerlari ancha kattalashgan bo'ladi. Homila harakatlari ko'payadi va kuchayadi. Endi tug'luqlar namoyon bo'lishi ham mumkin. Agar ular regulyar bo'lsa yoki 1 soatni ichida kamida 2 marta qaytarilsa, u holda tezda vrachga murojaat qilish shart. Uchinchi trimestrda bachadon siydik pufagini siqishi tufayli homilador ayol tez-tez hojatga chiqishi kuzatiladi. Vazni ko'paygan homilador ayollarda ko'p yurganda yoki harakat qilganda nafas olishi qiyinlashishi namoyon bo'lishi mumkin. Buning sababi kattalashgan bachadon o'pkani ham bir oz siqayotganidadir. Shuning uchun toza havoda ko'p bo'lish lozim, onaga ham homilaga ham kislorod juda kerak bo'ladi. Lekin homiladorlikning oxirgi haftalariga kelib homila pastroq siljiydi va nafas olish, harakat qilish osonlashadi. Shuning uchun ko'pchilik homilador ayollar 9- oyga kelib o'zini yengil bo'lib qolgandek sezadi. Ayrim ayollarda Br
...
Читать дальше »
Shanba02:15
![]() Ushbu davr mobaynida homilaning bo'yi 30 sm gacha o'sadi, vazni 700gr gacha oshadi. Homiladorlikning 2-trimestrida bo'lajak farzand jinsini aniqlash mumkin. Ikkinchi trimestr ko'pchilik ayollar uchun eng yengil va yoqimli davrdir. Bu davrga kelib toksikoz alomatlari deyarli yo'qolgan bo'ladi. Qorin kattalashgani bilinadi, birinchi bor tug'ayotganlarda aynan shu davrdan boshlab qorin chiqqani atrofdagilarga ayon bo'ladi. O'n oltinchi haftalarga kelib yo'ldosh va homila organlarining deyarli barchasi shakillanib bo'ladi. Agar 1-trimestrda homiladorlikni saqlanishiga ayol organizmi ishlab chiqaradigan progesteron javob bergan bo'lsa, endi homiladorlik uchun muhim bo'lgan gormon ishlab chiqarilishini, tashqi muhitdagi zararli moddalardan homilani asrash kabi funksiyalarni yo'ldosh bajaradi. Undan tashqari, homilani oziqa va kislorod bilan ta'minlash ham yo'ldoshning vazifasi. Birinchi farzand kutayotganlarda 20-haftadan, ikkinchi farzand kutayotganlarda esa 18- haftadan boshlab homilaning qimirlashi seziladi. Homilador ayol uchun homilaning birinchi bor qimirlashi juda katta xursandchilik keltiradi. Saboq.Moy.Su saytidan olingan. Ikkinchi trimestrnin
...
Читать дальше »
Shanba02:13
![]() Spermatazoid bilan tuxumdon uchrashgan hujayra bachadonga o'rnashishi (implantatsiya), homilaga aylanishi va uning deyarli barcha organlarining shakllanishi davri. Odatda 1- trimestr oxiriga kelib homila uzunligi 9 sm ni tashkil etadi. Saboq.Moy.Su saytidan olingan. Birinchi trimestrda ayollarning ko'krak shakli va razmeri o'zgara boshlaydi, undan tashqari ko'krak tomirlari kattalashgandek tuyulib, ko'krak uchi to'qroq rangga bo'yaladi. Ayrim ayollarda ko'krak og'riqlari kuzatilishi mumkin. Bularning sababi bo'lajak ona ko'kragi sut ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko'rayotganidadir. Birinchi trimestrning eng asosiy alomati bu toksikozdir. Deyarli 70% homiladorlar 1-trimestrda toksikozga uchraydi. Ko'ngil aynash, qayd qilish, ayrim hidlarga nisbatan nafrat, ayrim yeguliklarni qumsash yoki aksincha ma'lum yegulikdan bosh tortish kabi tuyg'ular toksikoz namoyondalaridir. Toksikoz haqida bu yerda batafsil o'qing Birinchi trimestrning alomatlaridan yana biri ayolning tez charchashi va uyquchiligi. Bunday paytda ko'p dam olish kerak, homilador ayolning yaqinlari unga yetarlicha dam olishi uchun sharoit yaratib berishi kerak. Ayolning kuniga kamida 10-12 soat uxlashi homilaga ham foyda keltiriladi. Gormonal o'zgarishlar n
...
Читать дальше »
|
Reklama