Seshanba00:42
Onaning holati Bachadon taxminan 10 smga kattalashgan bo'lib, toz qismiga sig'may qorin tomon ko'tarilmoqda. Endi ultra tovushli diagnostika yordamida shifokor homila razmerlarini va tug'ish muddatini aniqroq aytib berishi mumkin. Sizning yuragingiz urishi bir oz tezlashgan, chunki qon aylanishi kuchaygan. Hozirdan qaddingizni rostlab yurishga o'rganing, bukchaymang. Qorin kattalashgan sari o'zingizni to'g'ri ushlab turishingiz foyda bo'ladi. Ba'zi ayollarda ko'krak o'g'riqlari sezilishi mumkin. Asta sekinlik bilan toksikoz kamayishi kuzatilmoqda. Ovqatlanishingizga ahamiyat bering. Meva va sabzavotlar kundalik rasioningizda juda ko'p va xilma xil bo'lishi kerak. Shifokor bilan maslahatlashgan holda homilador ayollar uchun maxsus gimnastika, yoga yoki suzish bilan shug'ullanishni boshlasangiz bo'ladi. Sizning vazningiz tahminan haftasiga 0.5 kgga oshib bormoqda. Shirinliklardan nariroq bo'ling. Quyidagilarni his qilsangiz shifokorga murojaat qiling: - qindan ko'p miqdordagi ajralishlar, ayniqsa hidli bo'lsa; - qorindagi o'tkir og'riq; - qon ketishi. Bolaning holati homila 12 hafta UTD Homilaning uzunligi 70-90 mm, og'riligi 14-15 gramm. Bola keskin rivojlanib va o'sib
...
Читать дальше »
Seshanba00:41
Onaning holati Shu davrga kelib ko'pchilik toksikozdan butunlay xoli bo'ladi. Endi gormonal o'zgarishlar natijasi bo'lmish onaning kayfiyatidagi o'zgaruvchanlik, bezovtalik va vahima yo'qqa chiqmoqda. Endi 2 trimestr boshlanmoqda. Bu davrni nisbatan tinch va yengil davr deb atasak bo'ladi. Shu kunlarda siz haqiqatan ona bo'layotganingizdan xursand bo'lishni boshlaysiz. Chunki o'tgan 12 hafta sizni toksikoz, homila holati va salomatligi haqidagi kuchli bezovtaliklaringiz endi kamayadi. Shifokor bilan maslahatlashgan holda gimnastika, yoga va suzish kabi mashg'ulotlar bilan shug'ullanganingiz homilaga ham, sizga ham foydali bo'ladi. Bolaning holati Homila uzunligi 105 mm bo'lib, og'irligi 28.3 grammni tashkil qilmoqda. Uning 20 dona tishlari uchun asos solindi. Oshqozon osti bezi insulin ishlab chiqarishni boshladi. Bolaning jigari safro chiqarmoqda. Bosh miya rivojlanishda davom etmoqda.Bolani ozuqa va kislorod bilan ta'minlashda asosiy rolni yo'ldosh o'ynamoqda. Keyingi oylarda bu rolni o'ziga homila oldi suvlari ham oladi. 13-haftada progesteron va estriol kabi gormonlar ishlab chiqarish funksiyasini yo'ldosh o'z zimmasiga oldi. Yo'ldosh o'girligi 30 gramm.
manba:
...
Читать дальше »
Seshanba00:40
Onaning holati Homiladrolkning eng chiroyli davri boshlandi. Bu davrda onani deyarli hech narsa bezovta qilmaydi. U o'zining bo'lajak ona bo'lishidan bahramand bo'lib yuradi. Bachadon tobora qorin qismi tomon ko'tarilib kindikdan yuqorida ekanligi bilinmoqda. Organizmdagi gormonal o'zgarishlar sizda namoyon bo'lmoda. Ba'zi ayollarda kindikdan boshlab pastga tomon ingichka to'q rangli chiziq - "linea negra" - paydo bo'lishi mumkin. Homiladorlikdan so'ng u o'tib ketadi. Bu davrda burun oqish yoki burundan qon oqishi qonda progesteron va estrogenlarning ko'payganidan vujudga keladi. Bu holatni yengillashtirish uchun havo namlagichlardan foydalanish va burunni vazelin bilan artib turish tavsiya etiladi. Ovqat rasionida vitamin C ga boy mahsulotlarning ko'pligi tomirlarni kuchaytirib qon oqishini oldini oladi. Qo'shimcha vitaminlar ichishdan ehtiyot bo'ling, ular bolaning vaznini ko'payib ketishitishi, unda har xil teri kasalliklarini vujudga kelishiga olib kelishi mumkin. Bu davrda odatda quyidagilar qilinadi: - ayol vazni va qon bosimi o'lchanadi; - oqsil va qand darajasini aniqlovchi siydik analizi qilinadi; - homila yurak urishi aniqlanadi; - bachadon rezmerlari aniqlanadi; - ayolning qo'l va oy
...
Читать дальше »
Seshanba00:39
Onaning holati O'sayotgan homilaga joy bo'lishi uchun sizning bachadoningiz tobora kengayib bormoqda. Homila oldi suvlarning miqdori bu haftaga kelib 250 ml ni tashkil qiladi. Odatda homiladorlikning 16-20 haftasida ko'plab test va analizlar topshiriladi. Aynan shu davrda AFP va uchlamchi test amalga oshiriladi. Bu testlar xavfsiz bo'lib Daun sindromi, spina bifida(umurtqa kasalliklari) va boshqa kasalliklarga xatar borligi yo yo'qligini aniqlaydi. Agar test natijalariga ko'ra, onaning qonidagi ko'rsatkichlar normadan chetlashgani, chuqurroq tekshiruvlar, masalan, amniosentez muolajasi amalga oshiriladi. Statistikaga qaraganda, analiz topshirgan 1000ta ayol ichidan 50 tasida qon testlari normadan uzoqlashganini aniqlanadi, shulardan faqat 1-2 tasida keyingi tekshiruvlar natijasi haqiqiy kasallik borligini aniqlab beradi. Sizning ko'krak bezlaringiz ishlashni boshladilar, shuning uchun ko'krak sezuvchan bo'lib, ozgina shishmoqda. Ko'krak bezlari tomon qon o'tishining kuchayishi natijasida ko'krak qon tomirlari teridan aniqroq ko'rinib turmoqda. Belingiz deyarli yo'qolgan bo'lib qorin asta dumoloqlashmoqda. Sizning hissiyotlaringiz: Kayfiyatingiz juda yaxshi. Tez-tez xursand bo'lib hayajon
...
Читать дальше »
Seshanba00:39
Onaning holati Ko'pchilik ayollarda aynan shu kunlardan boshlab kiyimlarning siqishi kuzatiladi. Bu davrdan asta sekin maxsus homilador ayollar kiyimi haqida o'ylashni boshlasangiz bo'ladi. Deyarli hammada toksikoz alomatlari o'tib ketdi. Endi homiladorlikning yengil davri boshlandi. Sizning energiyangiz esa ko'paygandek tuyulmoqda. Homilani kislorod bilan to'ydirish maqsadida yuragingiz aktivlashmoqda. Bolaning holati Homilaning bo'yi 13 sm bo'lib, og'irligi 90 gramm atrofida. Bolaning terisi juda ingichka bo'lib, uning orasidan qon tomirlari ko'rinib turmoqda. Uning boshida sochlari o'sib qoshlari qalinlashmoqda. Agar bola qora sochli bo'lsa, uning follikulalari maxsus pigment ishlab chiqarishni boshladi. Bola harakatchan va qayshqoq bo'lmoqda. Qo'llari bukilib u musht tugmoqda. Skelet va suyak miyasining shakllanishi davom etmoqda. Homila oldi suvlarini homila pufagi ishlab chiqarmoqda. Shu suvlar kuniga 8-10 martagacha yangilanmoqdalar. Buning natijasi suv doim steril va kerakli tarkib (suv, mineral va organik moddalarning nisbati)da saqlanmoqda. Homila pufagi bilan amniotik suyuqligining ahamiyati homila uchun juda katta. Bu homilani mexanik shikastlardan saqlovchi, erkin harakat
...
Читать дальше »
Seshanba00:36
Onaning holati O'sayotgan homilani oziqlantirishda yo'ldoshga yordam beruvchi sizning yurak faoliyatingiz 40%ga oshgan. Kuchli qon aylanish kichik qon tomirlariga og'irlik qilishi mumkin. Shuning uchun burundan qon oqishi yoki milklar qonashi shu davrda tez-tez kuzatilib turishi mumkin. Bachadoningiz kindikdan 3.8-5 sm pastroqda joylashgan. Homiladorlik davrida onaning qon bosimi o'zgaruvchan bo'lib qoladi. Odatda homiladrolikning dastlab davrida u biroz pasaygan bo'lsa, homiladorlikning 7-oylaridan so'ng ko'tarilishni boshlaydi. Homiladorlik davrida qon bosimining ko'tarilganligiga quyidagilar sabab bo'ladi: asabiylashish; tez yurish; vahima; vaznning tez oshishi; organizmda suv qolib ketishi natijasida qo'l va oyoqlarning shishi; siydikda oqsil paydo bo'lishi. Agar sizda qon bosimingiz tez-tez ko'tarilib turayotgan bo'lsa, bu haqda shifokorga xabar berishingiz kerak. Undan tashqari iloji boricha asabiylashmay, vahimaga tushmay yaxshi narsalar haqida o'ylab, chiroyli niyatlar qilib yurishingiz foydali bo'ladi. Homiladorlikning 2-trimestrida anemiya (kamqonlik) holati ham uchrab turadi. Anemiya haqiqatan mavjudligini shifokor analizlardan bilib oladi. Anemiyani oldini olish
...
Читать дальше »
Seshanba00:35
Onaning holati Agar bu sizning birinchi homiladorligingiz bo'lsa, u holda aynan shu hafta siz uchun juda hayajonli davr. Chunki aynan shu davr ichida siz birinchi bor bolangiz qimirlashini seza olasiz. Lekin vazni og'ir ayollar bola qimirlashini birinchi bor 19-20 haftalarda his qilishlari mumkin. Bolaning qimirlashi qorinda suvning kulkullaganiga o'xshaydi. Ba'zi ayollarga bolaning qimirlashi qorindagi gazlar harakatini eslatadi. Homiladorlik davirda qindan ajralishlarning ko'payishi kuzatiladi. Bundan xavotir olish kerak emas. Lekin ajrlalishlarning patologik, ya'ni normal bo'lmagan turlari ham mavjud. Bu infeksiya yoki zamburg' kasalliklari vujudga kelganidan dalolat beradi. Ularni oldini olish maqsadida quyidagilarni bajarish foydali bo'ladi: tamponlardan foydalanmang, ular qin ichiga mikroorganizmlarni tushishiga olib kelishi mumkin; jinsiy a'zolaringiz tozaligiga ahamiyat berib yuring; qisadigan, sintetikadan yasalgan ichki kiyimlarni kiymang; o'tkir kimyoviy gigiyena vositalaridan foydalanmang; shakrli mahsulotlarni kamroq yeng, iloji bo'lsa umuman yemang; qatiq yoki yogurtdan bir stakan har kuni yeyishga o'rganing, undagi sut kislotasi tayoqchalari qindagi muhitni kasalikka qarshi qilib
...
Читать дальше »
Seshanba00:34
Onaning holati Siz bag'ringizdagi bolangiz qimirlashini sezmoqdasiz. Vazningiz oshib, bo'ksalaringiz asta kengaymoqda. Qorin ham sekin kattalashib bormoqda. Agar sizning bu holatingiz kechqurun uxlashda qiynayotgan bo'lsa, u holda atrofingizni yostiqlar bilan o'rab oling va o'zingiz istagan tomoningizga yostiqlarni tirgab qo'yishingiz qulay uxlashingizga yordam beradi. Imkoniyatingiz bo'lsa, homiladorlar uchun maxsus darslarga qatnashing. Darslarga qatnashib tuqqan ayollar ancha oson va og'riqsiz tug'ishlari tasdiqlanib kelmoqda. Homiladorlikning 5-oyida ayol quyidagi holatlarni his qiladi: homila qimirlashining kuchayishi; qin ajralishlarining ko'payishi; qorin tagida yengil og'riqlar; ich qotishi; jig'ildoq qaynashi, qorin shishi (gazlar); bosh og'rig'i, bosh aylanishi, hushdan ketish; burun oqishi, burundan qon oqishi, burun bitishi; quloq bitishi; milklarning qonashi; ishtaha kuchayishi; oyoq tomirlarining tortishi; oyoq va qo'llarning, ba'zida yuzning shishi; tizza va oyoq qon tomirlarining varikoz kengayishi; yurak urushining tezlashishi; bel og'rishi; qorin yoki yuz terisiga dog'lar tushishi; homiladorlikni vujud bilan his etish; kayfiyat o'zgaru
...
Читать дальше »
Seshanba00:33
Onaning holati Urug'lanishdan so'ng 18 hafta o'tgani bilan sizning homiladorligingiz endi hammaga ayon. Qorningiz ham dumaloq shaklga ega. Bachadonning yuqori qismi deyarli kindik darajasida joylashgan. O'sayotgan bachadon siydik pufagiga, oshqozon va o'pkaga bosim bermoqda. Natijada tez-tez siydik qistashi, hansirash sizni bezovta qilib turishi mumkin. Odatda hansirash tug'ishdan oldin 4-6 haftada yo'qoladi. Chunki Natijada tez-tez siydik qistashi, hansirash sizni bezovta qilib turishi mumkin. Odatda hansirash tug'ishdan oldin 4-6 haftada yo'qoladi. Chunki shu davrda bachadon va bola tug'ishga tayyorgarlik ko'rib pasayishni boshlaydilar. Siz endi homiladorlik davrining yarmini o'tib bo'ldingiz. Endi siz kuchingiz ko'payishini his qilasiz. Soch va teringiz holati ancha yaxshilanadi. Siz borgan sari ochilib ketayotganingizni hamma seza boshlaydi. Ko'proq toza havoda shahardan chetda dam olib turishda aylanishga borib turing. Ko'kragingiz kattalashgan bo'lib, ko'krak uchlari rangi yanada to'qlashgan. Ba'zi ayollarda ko'krak ichidan sariq suyuqlik ajralishi kuzatiladi. Uni aslo siqmasdan, toza chit sochiq bilan artib tashlang. Ko'krak bolani emizish uchun sut ajratishga tayyorgarlik ko'rmoqda.
...
Читать дальше »
Seshanba00:31
Onaning holati Keyingi 10 hafta davomida bola yog' saqlashni boshlagani uchun sizning vazningiz tez ko'payishni boshlaydi. Bu davrda vazningiz oshish darajasi butun homiladorlik davomida orttirilgan vazn miqdorining yarmiga teng bo'ladi. Undan tashqari sizning ushtaxangiz oshayotganini sezasiz, chunki hozir organizmdagi modda almashinuvi 500 kalloriyaga ko'proq ozuqa talab qilmoqda. Yaxshi ovqatlaning, faqat yo'gliq mahsulotlar va shirinliklardan kamroq yeyishga harakat qiling. Birdan g'alati narsa yegingiz kelib qolsa, hayron bo'lmang. Ba'zi ayollar qum yegisi kelib qolishi ham mumkin. Bu shunchaki homiladorlikning qiziq tomonlari, xolos. Bachadonning yuqori qismi taxminan kindikdan 1.25 sm balandroqda. Sizning ko'kraklaringiz ancha kattalashgan. Ba'zi ayollarda ko'krak uchidan suyuqlik ajralishi kuzatiladi. Uni toza chit mato bilan artib tashlang. Aslo siqmang. Sizing soch va tirnoqlaringiz juda tez o'smoqda. Oldin o'smagan joylarda ham soch o'sishi kuzatilishi mumkin. Beldagi og'riqlarni kamaytirish maqsadida quyidagilarni bilib olganingiz ma'qul: Og'irlik ko'tarmaslikka harakat qiling. Agar ko'tarish talab etilsa, u holda oyoqlaringizni keng ochib, belni egmasdan tizzangizni bukkan h
...
Читать дальше »
Seshanba00:29
Onaning holati Xuddi o'tgan haftalar singari sizdagi qon hajmi tobora oshib bormoqda. Bunga qondagi plazma sababchi. Plazma bu qon suyuqligining tarkibi bo'lib u qon moddalarini eritish qobiliyatiga ega. Shuning uchun ko'p homilador ayollarda fiziologik anemiya kuzatiladi. Fiziologik anemiya normal holat bolishiga qaramay, haqiqiy anemiya emasligiga amin bo'lish uchun shifokor bilan temir moddasini qo'shimcha qabul qilish haqida maslahatlashing. Ikkinchi trimestrda siz juda aktiv bo'lib, o'zingizni yaxshi his qilmoqdasiz. Bu davrda toz organlarida qon aylanish tezlashgani tufayli sizning jinsiy aloqadan lazzatlanishingiz ko'payishi seziladi. Bundan havotirga tushmang. Bolaga buning zarari yo'q. Shifokor man qilmagan bo'lsa, bemalol jinsiy aloqa qilishingiz mumkin. O'tirganingizda qaddingizni rostlab o'tiring. Belingiz suyangan holatda bo'lsin. Doim oyoqlaringiz tagida kichik bir 20-30 smlik tokcha bo'lsa, oyoq tomirlariga tushayotgan og'irlik kamayadi. Homiladorlikning 5-oyida tovoningiz kattalashishi mumkin. Buning sababi oyoq shishi, vazn oshishi yoki bo'g'imlarning bo'shashishi bo'lishi mumkin. Bolaning holati Bolaning uzunligi 27-27.5 sm Og'irligi 420-425 gramm. Bola atrof-muhitni qabul qil
...
Читать дальше »
Seshanba00:26
Onaning holati Homiladorlikning shu davridan boshlab Brekston-Xiks tug'luqlari boshlanishi mumkin. Ular to'satdan vujudga keladigan qisqa muddatli bachadondagi og'riq sifatida namoyon bo'ladi. Bu tug'luqlar bir necha soniya davom etib, bachadonni asta sekin kutilayotgan tug'ish jarayoniga tayyorlaydilar. Homiladorlik rivojlangan sari bu tug'luqlar ham kuchayib boradi. Faqat ularni haqiqiy tug'ish tug'luqlari bilan adashtirib yubormang. Ginekolog huzurida bo'lganingizda shifokor qorningizni ushlab ko'rib bolaning joylashishini aniqlay oladi, undan tashqari maxsus o'lchagich orqali bolaning taxminiy o'lchovlarini aytib berishi mumkin. Ba'zi ayollar qorni juda kichikligidan yoki, aksincha, kattaligidan xavotirda bo'ladilar. Bunga aslo o'rin yo'q, chunki har bir ayolning jismoniy tuzilishi har xil bo'lgani uchun qorin shakli ham hammada har xil bo'lishi mumkin. Ba'zida homilador ayol qorindan og'riqlar his etishi mumkin. Bu og'riqlar bachadonni ushlab turuvchi mushaklarning cho'zilishidan namoyon bo'lishi mumkin. Ko'pincha shu davr atrofida sizning sochlaringiz qalinlashib, kuchlanishini sezishingiz mumkin bo'ladi. Bunga qo'shimcha ravishda kutilmaganda sizning qorin, son, yuz va yelkalaringizda
...
Читать дальше »
Seshanba00:25
Onaning holati Vazningiz tobora oshib bormoqda. Natijada esa, bosh og'riqlari, oyoqqa og'irlik va umumiy holsizlanish ham ko'payib kelmoqda. Shuning uchun yotganingizda oyoqlaringiz tanangizdan doim balandroqda bo'lishiga ahamiyat bering. Ko'pchilikda 5-oy homiladorlikning eng yaxshi oyidir. Siz juda ochilib ketgan ko'rinib, o'zingizni baxtiyor his etasiz. Agar shu paytgacha siz asta- sekinlik bilan semirib kelgan bo'lsangiz, endi vazningiz bundan ham tezroq ko'payadi. Qo'l va yelkalaringizning biroz shishganligi organizmda suv miqdori qolib ketganligi natijasidir. Homiladorlikdan so'ng u o'tib ketadi. Yuzingiz ham biroz shishgan bo'lib, ko'krak uchi cho'chchaymoqda. Qorin esa borgan sari kattalashmoqda. Bachadonning yuqori qismi kindikdan yuqorida joylashgan. Endi siz bolangiz uxlayotganini yoki o'ynab yotganligini bemalol his qila olasiz. Yoz faslida yetarlicha suv ichishga harakat qiling. Organizmning suvsizlanishi muddatidan oldin tug'luqlarni chaqirishi mumkin. Shu davrga kelib sizning terlashingiz kuchayadi. Shuning uchun sintetik kiyimlardan voz keching. Ko'proq dam olishga o'rganing. Shifokor bilan maslahatlashgan holda maxsus gimnastika yoga yoki nafas olish mashg'ulotlarini ama
...
Читать дальше »
Seshanba00:24
Onaning holati Sizning bachadoningiz razmeri futbol koptogiga teng desak bo'ladi. U sizning oshqozoningizga bosim bermoqda. Bu faktor oshqozon faoliyatini sekinkashtiruvchi progesteron gormonining ta'siri bilan birga oshqozon safrosi yuqoriga qizilo'ngach tomon chiqishini keltiradi. Natijada jig'ildoq qaynashi kuzatiladi, ayniqsa ko'p ovqatanishdan keyin bu keskin namoyon bo'ladi. Endi shifokor huzuriga ko'proq borishingizga to'g'ri keladi. Yigirma beshinchi haftaga kelib bachadon, norma bo'yicha jinsiy a'zolardan 25 sm balandlikda joylashgan bo'ladi. Bu eng oddiy o'lchov bo'lib, bolaning normal rivojlanishini ko'rsatib beradi. Bolaning holati Homilaning uzunligi 31 sm Og'riligi 700-709 gr Bolaning yurak urushini maxsus spetoskopda bemalol eshitsa bo'ladi. Bundan tashqari xonada jimjitlik bo'lib, eringiz qorningizga quloq tutsa ham, yurak urushini eshitish mumkin. Bolaning jinsi endi aniq namoyon bo'ladi. O'g'il bolalarda tuxumi pastga tushmoqda, qizlarda esa, qin shakllanmoqda. Bolaning barmoqlari musht ushlashni o'rgandi. Hozirdan bola o'ng yoki chap qo'liga ko'proq e'tibor qiladi, bu esa uning chapaqay yoki o'npaqay bo'lishiga asos bo'ladi. Ushbu muddatga kelib bolaning uxlash
...
Читать дальше »
Seshanba00:23
Onaning holati Vazningiz oshgan sari sizni kichik muammolar bezovta qilib turadi. Bu bosh og'riq, oyoq tomilarining tortishi, bel va tozdagi og'riqlar. Ba'zida bolaning tepinishlari ham og'riq keltirishi mumkin bo'ladi. Yotganingizda biqiningizda yotsangiz og'riqlar kamayishi mumkin. Endi yon atrofdagilaringiz ham qorningizga qo'lini qo'ysa bolaning qimirlashini qorningizga qo'lini qo'ysa seza oladi. Hozir siz uchun muhim narsa - bu uxlash uchun qulay holatni topish. Iloji boricha ko'proq yostiq atrofingizda bo'lsin. Kerak paytda ularni yoningizga, oyoqlaringiz tagiga yoki orasiga qo'yib olishingiz foydali va qulayroq bo'ladi. Chap biqiningizda yotishga odatlaning. Onada vujudga kelishi mumkin bo'lgan holatlar: bolaning qimirlashi kuchliroq sezilishi; qindan oz miqdorda ajralishlar paydo bo'lishi; ich qotishi; jig'ildoq qaynashi; burun yoki milklarning qonashi; oyoq mushaklarining og'rishi; tomir tortishi; oyoq, qo'l va yuzning shishi; oyoq tomirlarining varikoz kengayishi; qorin terisining qichishi; bel og'rishi; qorin va yuzga dog' tushishi; ko'krak kattalashishi; charchov. Bolaning holati Bolaning uzunligi 32.5-33 sm Og'irligi - 794-800 gr Ushbu haftadan boshlab b
...
Читать дальше »
Seshanba00:22
Onaning holati Homiladorlikning oxirgi oylarida ayol qonidagi xolesterin darajasi ko'payadi. Xolesterin yo'ldoshni rivojlanishida muhim modda bo'lib, uning yordamida yo'ldosh ba'zi gormonlarni ishlab chiqaradi. Bu gormonlar ko'krak bezini rivojlanishiga, bachadon mushaklarini kuchlanishidan saqlashga yordam beradi. Endi 3-trimestr boshlandi. Vazningiz borgan sari ortib bormoqda. Lekin vazningiz faqat sizning semirganingiz uchun emas, balki homila oldi suvlari va qon miqdorining ko'paygani, ko'krak kattalashgani, homilaning o'sishi va yo'ldoshning og'irligidan ko'paygan. Homiladorlik davomida qonning umumiy hajmi 30-50% oshadi. Semirib ketishdan qo'rqib aslo dieta tutmang. Dieta bolaga va homiladorlikni sog'lom kechishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Ayolning ko'krak massasi o'rtacha 200 grammga teng, homilador ayollarda esa u 780 grammga boradi. Bolaning holati Bolaning uzunligi - 34 sm Og'irligi - 900 gr Shu va undan keyingi haftada tug'ilgan bolaning yashab ketish ehtimoli 85%ni tashkil etadi. U endi yashash qobiliyatiga ega. Lekin uning to'liq rivojlanishiga hali kamida 11 hafta bor. Ungacha tug'ilib qolgan bolani saqlash uchun ko'plab muammolar yuzaga keladi. Bu muddatda bolaning
...
Читать дальше »
Seshanba00:19
Onaning holati Endi siz ginekolog huzurida kamida 2 haftada bir marta bo'lishinigiz talab etiladi. Aynan shu haftada siz bir qator analizlar topshirasiz. Analizlar ichiga qondagi temir moddasining miqdori va glyukoza testi kiradi. Agar siz manfiy rezusli qonga ega bo'lsangiz, antimoddalar testini amalga oshirish tavsiya etiladi. Bu test yordamida sizning qoningizda bolaning qoniga nisbatan antimoddalar borligi yo yo'qligi aniqlanadi. Antimoddalar mavjudligi bolaning salomatligiga, shuningdek hozirgi va keyingi homiladorlik kechishiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Qaddingizni rostlab yurish haqida unutmang. Ko'krak tomirlari tobora ko'rinib bormoqda. Bachadon yuqori qismi ko'krak va kindik orasida joylashgan. Ko'krakdan sutga o'xshash suyuqlik ajralishi mumkin, lekin sizda bunday holat yuz bermasa xavotir olmang, Tuqqaningizdan keyin u albatta keladi. Suyuqlikning vaqtli yoki kech ajralishi kelgusida ko'krak suti miqdoriga hech qanday aloqasi yo'q. Qorin, toz va bo'ksalaringiz yog' bilan qoplanishi mumkin. Sizni jig'ildoq qaynashi ko'poq bezovta qilishi mumkin. Kunduzi albatta dam oling. Kechki uyquga vaqtliroq keting. Ishlayotgan bo'lsangiz, uzoq vaqt bir holatda o'tirmang, o'tirgani
...
Читать дальше »
Seshanba00:18
Onaning holati Bu davrga kelib ko'pchilik ayollar ko'kragidan birinchi suyuqlik - og'iz suti ajralishi boshlanadi. Og'iz suti bolangizning birinchi ozuqasidir. U asosiy sut ajralishidan oldin kelib bola uchun juda foydali hisoblanadi. Asosiy sut bola tug'ilishidan so'ng 2-3 kundan keyin keladi. Endi sizning bachadoningiz yanada kattalashgan bo'lib, u qorin bo'shlig'i organlari, o'pka va siydik pufagiga bosim bermoqda. Natijada siz tez-tez siydik qistashini sezasiz va harsillash paydo bo'ladi. Bola, bachadon va sizning qorningiz kattalashgani tufayli huddi ichingiz to'lib ketgandek o'zingizni his qilasiz. Uchinchi trimestr noqulayliklarini yengillash uchun: qulay holatda bo'ling; sog'lom ovqatlaning; shifokor tavsiyasi bilan homiladorlar uchun maxsus gimnastika yoki yoga mashg'ulotlarini qiling; ko'p dam oling va uxlang. Bolaning holati Bolaning uzunligi - 36-37 sm Og'irligi - 1150-1160 gr Ko'kragingizdagi sut paydo bo'lishiga bola ham bevosita ta'sir ko'rsatmoqda. Bolaning buyrak usti bezlari androgen (erkak jinsiy gormonlariga o'xshash)ga o'xshash moddalarni ishlab chiqarmoqda. Ular bolaning qon tizimi bo'ylab harakatlanib, yo'ldoshga yetgach estrogenga (estriol shaklida) aylanmo
...
Читать дальше »
Seshanba00:16
Onaning holati Homiladorlikning oxirgi oylarida beldagi og'riqlardan afsuski qutulib bo'lmaydi. Buning sababi bel mushaklarining bo'lajak tug'ish jarayoniga tayyorgarlik ko'rib hozir bo'shashganidir. Oyoqlarda tomirlarning kengayishi ham hozirgi davrga kelib ko'p uchraydigan holat. Undan tashqari jig'ildoq qaynashi sizni tobora ko'proq bezovta qilib kelishi mumkin. Hozir sizning organizmingiz relaksin gormoni ishlab chiqarilmoqda. Aynan shu gormon toz suyak va mushaklarini bo'shatib, tug'ish jarayoniga tayyorlamoqda. Ba'zi ayollarning yurishi o'rdakka oxshab qolgani ham shundan. Lekin shunday ayollar borki ular, bel og'rishi, tozdagi og'riqlar, yurishning o'zgarishini boshdan kechirmaydilar. Bu degani organizm tug'ish jarayoniga tayyorgarlik ko'rmayapti degani emas. Bunga har xil faktorlar ta'sir qiladi, masalan, ayolning jismoniy holati va tayyorgarligi, irsiyati va boshqalar. Homiladorlikning 31-haftasiga kelib ayolning umumiy vazni o'rtacha 8.6 kgga oshgan bo'ladi. Bu og'rilik bola, yo'ldosh, homila oldi suvlari, kattalashgan bachadonning og'riligidan bo'lib, undan tashari organizmda qon miqdorining, yog' qatlamlarining va suv miqdorining oshganligi hisobiga yig'ilgan. Shu muddatda homilador ayol <
...
Читать дальше »
Seshanba00:16
Onaning holati Homiladorlikning 28-32-hafta oralig'iga bolaga hali ham vitaminlar, minerallar va foydali ozuqalar juda kerak. Bularning barchasini onaning organizmi ta'minlab beradi. Tug'ishdan oldin ko'proq dam olish kerakligi haqida unutmang. Uyda remont, katta o'zgarishlar, ko'chish kabi tashvishlarni boshlamang. Albatta, ertalabdan kechgacha uxlash kerak emas. Bo'lajak ona harakatda bo'lishi kerak, lekin qattiq charchov ham foydali bo'lmaydi. Undan ko'ra toza havoda aylanib, homiladorlar uchun maxsus jismoniy mashg'ulotlardan qilishingiz bolaga ham, bo'lajak tug'ishga ham foydali bo'ladi. Ko'p ayollarni qorinda gazlar yig'ilishi bezovta qilishi mumkin. Bunday holat yuz bermasligi uchun uzum, karam, no'xat, boshqa dukkakli mahsulotlar, oq non va shirinliklardan yemaslik kerak. Lekin sizga va bolajoningizgan har kuni ertalab 100-200 gramm qirg'ichdan chiqarilgan sabzi bilan olmaga smetana qo'shib yeyishingiz juda ham yoqimli bo'ladi. Qatiq va quruq mevalar sharbati ham juda foydali bo'ladi. Homiladorlikning 3-trimestrida ichni bo'shatadiga dorilardan aslo ichmang. Ular bachadon qisqarishini va tug'ruq boshlanib ketishini qo'zg'atib yurborishi mumkin. Odatda bola homiladorlikning 32-
...
Читать дальше »
|
Reklama