Chorshanba22:23
![]() Agar homilador ayol yoki tug'ilajak bolaning salomatligida muammo bo'lish xavfi yuqori bo'lsa, bunday homiladorlikka xavfga ega homiladorlik deb aytiladi. "Xavfga ega homiladorlik " degan ibora qo'rqinchli tuyilgani bilan, aslida bu ibora shifokorlar uchun qo'llaniladi. Bunda shifokorlar xavfga ega homilador ayol va homila salomatligiga yanada e'tiborliroq va jiddiyroq yondashadilar, kerak bo'lganda esa muammolarning oldini oladilar. Agar homilador ayolda quyidagi holatlardan biri mavjud bo'lsa, bunday homiladorlik xavfga ega hisoblanadi. Diabet; Saraton kasalligi; Yuqori qon bosimi; Buyrak kasalliklari; Epilepsiya; Homilador ayol spirtli ichimliklar ichadi va chekadi; Ayolning yoshi 35 dan yuqori; Ikki va undan ko'p homilali homiladorlik; Bundan oldin 3 va undan ko'p bola tushishi yuz bergan; Homilada Daun sindromi aniqlangan; Homilada yurak, o'pka yoki buyrak kasalliklari aniqlangan; Bundan oldingi homiladorlikda muddatidan oldin bola tug'ilgan; Bundan oldingi homiladorlikda preeklampsiya holati mavjud bo'lgan; Bundan oldingi bola Daun yoki boshqa genetik kasallik bilan tug'ilgan; Homilador ayolda OITS, gepatit C, sitomegalavirus, varisella, rubella, toksoplazmos yoki sif
...
Читать дальше »
Chorshanba11:21
 Homiladorlik davomida ayolni turli xil og'riqlar bezota qilishi mumkin. Bularning ba'zilari homiladorlik uchun xavf soluvchi og'riqlar bo'lsa, ba'zilari xavfsiz normal og'riqar hisoblanadi. Ularni qanday ajratsa bo'ladi? 1. Homiladorlikning dastlabki davridagi sanchishlar. Ko'pchilik homilador ayollarda homiladorlik ning ilk 12 haftasida qorinda, qorinning past qismida va belda yengil, og'riq bermaydiagn sanchishlar kuzatiladi. Bu sanchishlar o'sayotgan bachadonning mushak va toz suyaklariga og'irliq berishi natijasida yuzaga keladi va ular xavotirli emas. Xavfli holatlar: O'griq, sanchishlar kuchi va soni ortib borayotgan bo'lsa; Og'riq yoki sanchishlar qon ketish bilan birga namoyon bo'lsa; Davomiy og'riq faqat bir tomonda kuzatilsa; Siyish og'riq bilan kelib, siydikda qon bo'lsa. 2. Qorin pastki qismidagi og'riqlar. Shu kabi og'riqlar odatda homiladorlik ning 2 trimestridan boshlanadi. Bunga sabab bachadonning keskin kattalshib qorin pastki ligament(mushaklar)ni tortilishiga olib kelishidir. Bu mushaklar oyoqlarning badanga to'qnashgan joyida joylashgan. Aynan ligamentlar beradigan og'riq biron harakatdan so'ng, jismoniy holatni birdan o'zgartirish yoki uzoq vaqt mobaynida oyoqda turish natijasida yuzaga keladi. Undan tashqari aksirish, yo'talish, qatti
...
Читать дальше »
Dushanba00:56
 Ba'zi homilador ayollar keskin semirib ketsa, boshqalar meyorida vazn qo'shadilar. Bunga asosan ayolning gormonal salomatligi va ovqatlanish tarzi ta'sir qiladi. Agar organizmda gormonal disbalans bo'lmasa va homilador ayol to'g'ri ovqatlansa, homiladorlik davomida vazn oshishi quyidagicha namoyon bo'ladi: Bolaning vazni - 3.4 kg Bachadon kattalashi - 900 gr Yo'ldosh - 670 gr Amniotik suyuqlik - 900 gr Organizmda qo'shimcha qon va boshqa suyuqlikning hajmi - 3.6 kg Qo'shimcha yog'lar - 3 kg Jami - 13.4 kg. Demakki, normal balanslashgan homiladorlik da ayolning vazni 13-15 kgga oshadi. Shuning uchun bunday ayollar tuqqandan so'ng tez o'z vazniga qaytadilar.
Dushanba00:56
![]() Homiladorlik davrida sochlar yanada go'zallashadi, lekin ayni shu davrda ular qo'shimcha parvarishni talab etadi. Quyidagi maslahatlar homiladorlik davrida soch kuchini yoqotmaslikka va tuqqandan so'ng sog'lom soch tolalariga ega bo'lishga yordam beradi. 1. Homilador ayolni ko'p narsaga vaqti ba'zida esa kuchi ham yetmaydi. Shuning uchun bu davrda qulay va ko'p vaqt talab etmaydigan soch turmagini qo'llash lozim; 2. Agar sochingiz quruq bo'lsa, homiladorlik payti va sovuq kunda ularni kamroq yuvish tavsiya etiladi; 3. Homiladorlik payti uchun kerakli shampun tanlay olish muhim. Ba'zida shu davrgacha foydalanilgan shampun birdaniga soch tolalariga yoqmay qolishi mumkin; 4. Sochlarni fen bilan emas sochiq bilan quritgan ma'qulroq; 5. Dush ostida turib bosh terini massaj qilish qon aylanishini yaxshilanishiga olib keladi; 6. Elektr depilyatorlar zararsiz hisoblanadi. Lekin kimyoviy epilyasiya va rang beruvchi vositalarni homiladorlik davrida qo'llamagan ma'qul; 7. Ba'zi tadqiqotlarning ko'rsatishicha, homilador ayolning soch bo'yashi uchun kimyoviy vositalarni qo'llashi homilada xromosom o'zgarishlarni keltirib chiqarishga sababchi bo'lar ekan; 8. Sochlar salomatligi uchun vitaminga boy sabzavot va mevalardan ko'proq iste'mol qilish maqsadga muvofiq bo
...
Читать дальше »
Chorshanba06:14
 Ayolda ovulyasiya sodir bo'lib, homiladorlik yuzaga kelgunga qadar bo'lgan davrda ayol tuxumi erkak spermatozoidi bilan uchrashib bachadonga joylashadi. Shu davr o'rtacha 1-2 hafta davom etadi va urug'lanish deb ataladi. Shundan so'ng navbatdagi hayz sikli boshlanmaydi va homiladorlik aniqlanadi. 1. Ayol tuxumdonidan tuxum ajralib ovulyasiya yuz beradi. Tuxum bachadon tomon harakatlanadi, uning o'rnida sariq tanacha hosil bo'ladi. Ushbu sariq tanacha urug'langan tuxum bachadonga joylashishi uchun va homiladorlik boshlanishi va normal davom etishi uchun kerakli gormon ishlab chiqaradi. Agar tuxum urug'lanmay nobud bo'lsa, sariq tanacha ham nobud bo'ladi. Sariq tanachaning progesteron gormonini yetarlicha ishlab chiqarmasligi tufayli homilador bo' la olmaslik yoki homilaning erta tushib qolishi xavfi bor. 2. Ovulyasiya sodir bo'lgan kun atrofida erkak va ayol jinsiy aloqada bo'lsalar, erkak spermatozoidi bilan ayolning urug'lanish uchun tayyor tuxumi bachadon bo'ynida uchrashadi. Urug' lanishga tayyor bo 'lgan tuxum 24 soat yashaydi. Aynan shu 24 soat ichida u spermatozoid bilan urug 'lanishga ulgurishi kerak . Spermatozoid ayol organizmida 3 -7 kun yashay oladi . 3. Spermotozoidlarning biri tuxum tashqi qoplamini buzib, uning ichiga kirib olsa, tuxum urug'l
...
Читать дальше »
Shanba02:16
![]() Homilador ayollarning deyarli 30 foizi anemiyani boshidan kechiradi. Vaqtida davolanmagan anemiya homilaga ham, homilador ayolga ham salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Anemiyaning bir necha turi mavjud bo'lib, homiladorlik davrida asosan temir moddasi yetishmovchiligi anemiya si yuzaga keladi. Homilador ayolda anemiya borligini qanday bilsa bo'ladi? Odatda homilador ayol ginekolog nazoratida bo'lganida, bir necha bor qon analizlarini topshiradi. Shunda uning qonidagi gemoglobin darajasi ham aniqlanadi. Gemoglobin darajasi pasayib ketgan bo'lsa, onada anemiya rivojlanayotgani aniqlanadi. Agar homilador ayol egizaklarni ko'tarayotgan bo'lsa, u holda homiladorlik davomida gemoglobin tez-tez tekshirilib turadi. Odatda normal homiladorlik da qondagi gemoglobin darajasi o'zgarib turadi. Agar homiladorlik ning boshida u kerakli darajada bo'lsa, uchinchi trimestrga kelib pasayishi namoyon bo'ladi. Agar anemiya rivojlanayotgani aniqlansa, u holda ginekolog qo'shimcha temir moddasini vitamin shaklida qabul qilishni tavsiya etishi mumkin. Temir moddasi yetishmovchiligi tufayli anemiya kimda yuzaga keladi? Temir moddasiga boy mahsulotlar (qizil go'sht, o'rik, uzum, banan, magiz va hokazolar)ni kam iste'mol qiluvchilarda; Homilador bo'lishdan oldin ko'p qon
...
Читать дальше »
Seshanba00:40
 Homilador ayolning tashqi haroratga jismoniy munosabati oddiy ayolnikidan farq qiladi. Yozning jazirama issig'ini homilador ayolga kechirish ba'zida qiyinchiliklar tug'dirishi mumkin. Quyidagi maslahatlar homilador ayolga issiqlikni osonroq kechirishga yordam beradi: 1. Ko'proq suyuqlik iching. Bunda nafaqat oddiy suv balki elektrolidlik maxsus suyuqliklar ham as qotadi. 2. Faqat tabiiy matolardan tayyorlangan kiyimda yuring. Paralonlik byustgalter va to'rlik ichki kiyimlar issiq kunda faqat salbiy ta'sir ko'rsatadi, xolos. 3. Quyosh nurlaridan nari bo'ling. Homilador ayollar teri quyosh nurlariga yanada ta'sirchan bo'ladi. 4. Kunning issiq paytida tashqariga chiqmaganlik ma'qul. 5. Issiq kunda homilador ayolga ko'roq dam olish tavsiya etiladi. Issiqlik organizmni holsizlantiradi, demakki homilani ko'tarish uchun kuch yig'ish talab etiladi. Oyoqlarni ko'taribroq kunida kamida 2 soat dam olish maqsadga muvofiq bo'ladi. 6. Kechki payt salqin tushganida albatta tashqarida sayr qilib keling. Yozda ham toza havoda homilador ayol uchun muhim bo'lgan kislorodga ehtiyoj katta. 7. Ich keltiradigan dori vositalarini qabul qilmang. Bunday vositalar organizm suvsizlanishini kuchaytirib yuboradi. 8. Kunida kamida 1 marta
...
Читать дальше »
Yakshanba05:27
![]() Ko'pincha homiladorlik muammosiz o'tadi. Lekin har bir homilador ayol homiladorlik uchun xavfli holatlar haqida bilib qo'ygani yaxshi. Quyida homiladorlikda eng ko'p uchraydigan ahamiyattalab 7 holat keltirilgan. Shifokor homilador ayolni kuzatish davomida xavotirga soluvchi holatlarni aniqlash va vaqtida bartaraf etish uchun kerakli analiz , test va tekshiruvlarni muntazam ravishda o'tkazib turadi. Homilador ayol ham o'z holatidan xabardor bo'lib, xavfli alomatlarni shifokorga vaqtida aytib turishi foydadan xoli bo'lmaydi. Bola tushishi Homiladorlikning ilk 20 haftasida bola tushishi ehtimoli mavjud. Barcha homiladorliklarning 10-20 foizi bola tushishi bilan yakunlanadi. Ularning 80 foizi esa homiladorlikning dastlabki 12 haftasida sodir bo'ladi. Ushbu davrda sodir bo'lgan bola tushishining asosiy sabablaridan biri urug'langan tuxumda xromosom nuqsonlar mavjudligidir. Bu nuqsonlar embrion rivojlanishiga to'sqinlik qiladi va embrion rivojlanmay tushib qoladi. Bola tushishi alomatlariga asosan qon ajralishi va qon dog'larining paydo bo'lishi kiradi. Ba'zida homiladorlikning ilk davrida oz miqdorda qon ajralishi normal holat bo'lishi mumkin. Shunga qaramay homilador ayol o'zida qon ajralay
...
Читать дальше »
Yakshanba05:21
![]() Ushbu savolga "ha" yoki "yo'q" javob berishdan oldin, ba'zi ma'lumotlardan sizni xabardor etsak. Homiladorlik davrida soch bo'yashni istaydiganlar juda ko'p. Sochni muntazam ravishda bo'yab yuradigan ayol 9 oy davomida bundan voz kecha olmaydi. Sochiga oq tushganlar esa o'zini bo'yalmagan soch bilan tassavur qila olmaydilar. Homiladorlik kabi nozik davrda soch bo'yashning ziyoni yo'qmikin? "Rivojlanayotgan bola salomatligiga soch bo'yoqlari tarkibidagi va umuman boshqa kimyoviy moddalar salbiy ta'sir ko'rsatmasmikin?", kabi savollar bo'lajak onani bezota qilishi ajab emas. Afsuski, bu savolga hech bir tadqiqot ham hech bir ilmiy tajriba ham aniq javob bera olmaydi. Homiladorlikda soch bo'yashning ziyoni chala o'rganilgan desak adashmaymiz. Ba'zi tadqiqotchilar uni ziyon keltiradi desalar, ba'zilar buning homilaga hech qanday zarari yo'q deb ta'kidlaydilar. Kimga ishonish kerak? Ahamiyat bersak, 21 asr kasalliklarining ko'pchiligi yomon ekologiya bilan bo'gliq. Atrofda, har kunimizda, har qadamimizda bizga kimyoviy moddalar sherik bo'lib kelmoqda. Oddiy mineral suvi baklashkasi bir martadan ko'p ishlatilsa organizm uchun zararli kimyoviy modda ishlab chiqishi tasdiqlangan. Uyimizdagi plastik idishlar,
...
Читать дальше »
Seshanba00:57
![]() Aslida homila hali vujudga kelmagan bu davrni ham ginekologlar homiladorlik davri deb atashadi. Bu davr ayolning homiladorlikkacha bo'lgan oxirgi hayz ko'rishining birinchi kunidan boshlab hisobga olinadi. Aynan shu kundan boshlab ayol tuxumdonida tuxum hujayrasi bo'lajak urug'lanishga tayyorlanib rivojlanishni boshlaydi. Homiladorlik alomatlari namoyon bo'lishi mumkin. Homilador bo'lishni rejalashtirayotgan ayol homilarodlikdan 3 oy oldin butunlay sog'lom hayot tarzida yashashi lozim. Alkogol ichimliklar va dori qabul qilmaslik tavsiya qilinadi. Majburiyat tug'ilganda ba'zi dorilarni shifokor bilan maslahatlashgan holda ichish mumkin, lekin noma'qul. Agar oilangiz a'zolaridan biri tug'ma kasallikka chalingan bo'lsa, ayrim kasalliklar homiladorlikka yoki homilaga ta'sir ko'rsatishi sababli bu haqda kelajakda sizni nazorat qiladigan ginekologga xabar berish kerak. Ushbu davrda stress, jismoniy zo'riqish va asabiylashishdan xoli bo'ling. Imkon qadar ko'proq meva va sabzavotlardan iste'mol qilib, toza havoda ko'p vaqt o'tkazishni odat qilishni boshlang.
manba: Uzbaby.uz
Seshanba00:56
![]() Bu haftada ayol tuxumdonida ovulyatsiyaga tayyorlanish avj olmoqda. Haftaning oxiriga kelib tuxumdonda tuxum hujayralari vujudga kelib bachadon yo'llariga tushish va erkak spermatozoidlari bilan uchrashish ehtimoli bor. Ovulyatsiya bo'lganini dorixonada sotadigan maxsus ovulyatsiya testlari yordamida aniqlasa bo'ladi. Undan tashqari hayz kelgan kunidan boshlab 2 hafta oldinga sanab ovulyatsiya davrini tahminan hisoblasa bo'ladi. Aynan shu kunlarda ayol tuxum hujayrasi urug'lanishga tayyor bo'ladi. Ayol tuxum hujayralari 1-2 kun davomida aktiv holatda bo'ladi. Erkak spermatozoidlari esa 3-4 kun davomida urug'lantirish qobiliyatini saqlab tura oladilar. Shunga homilador bo'lish uchun jinsiy aloqani tahminan ovulyatsiyadan 1 kun oldin yoki ovulyatsiya kuni yoki undan 2 kun o'tmasdan amalga oshirish lozim. Shunda spermatozoidlar ayol tuxum hujayralarini uchratish ehtimoli eng katta bo'ladi. Shu hafta davomida erkak sog'lom hayot tarzida yashamog'i maqsadga muvofiq bo'ladi. Alkogol, chekish, zararli gazlar kabilardan yiroqda bo'lib, yaxshi ovqatlanib yurishi lozim. Ayolni urug'lantirish kunidan oldin spermatoizoidlarning sonini oshirish maqsadida 2-3 kun davomida jinsiy aloqada bo'lmaslik tavsiya qilinadi.
...
Читать дальше »
Seshanba00:54
![]() Ayolning urug'langan tuxum hujayrasi 3 kun davomida bachadonga kelib tushadi. Bunda hujayra bir necha bor bo'linib haftaning oxiriga kelib o'z ichida 250 ta hujayraga ega bo'ladi. Uning shakli 0.1-0.2 mmlik diametrga ega sharni eslatadi. Keyin 2 kun davomida bachadonda erkin bo'lib, urug'lanishning 7- kuniga kelib homila bachadon devoriga yopishadi. Bu homila rivojlanishidagi kritik holat bo'lib, implantasiya deb ataladi. Agar implantasiya sodir bo'lsa, shu kundan boshlab siz o'z homilangizni oziqlantirishni boshlaysiz.
manba: Uzbaby.uz
Seshanba00:53
![]() Homila xorion ganodropin gormonini ishlab chiqarishni boshladi. Aynan shu gormon yaqin kunlarda homiladorlik test natijasining ijobiy chiqishida yordam beradi. Lekin gormon miqdori hali juda kam bo'lgani uchun testni keyingi hafta o'tkazish tavsiya qilinadi. Ayol tuxumdonida tuxum hujayrasining o'rniga qolgan sariq modda o'z faoliyatini boshlab sizga homiladorlikning dastlabki alomatlarini his qildirishi mumkin. Homila astoyidil rivojlanib bormoqda. Asta sekinlik bilan uning organlarini vujudga keltirish uchun to'qimalar shakllanmoqda.
manba: Uzbaby.uz
Seshanba00:52
![]() Shu haftada homiladorlikni aniqlovchi testni amalga oshirish mumkin. Chunki hayz kelmagan, demak homilador bo'lish ehtimoli katta. Ushbu davrda ayolda homiladorlik alomatlari o'tgan haftaga nisbatan sezilarliroq bo'lishi mumkin. Xususan, bosh og'riqlar, ko'ngil aynish, yig'loqilik, o'ta sezgirlik, ishtahaning oshishi yoki kamaygani, uyquchilik va hokazo. Lekin ba'zi ayollarda homiladorlikning alomatlari sezilmasligi ham mumkin. Bu normal holat bo'lib, xavotir olish o'rinsizdir. Homiladorlik 3 trimestrga bo'linadi. 1-trimestr: homiladorlikning 13 haftasigacha davom etadi; 2-trimestr: homiladorlikning 14-27 haftalari oralig'ida bo'ladi; 3-trimestr: 28-42 haftalari oralig'ida bo'ladi. 1-trimestr homila rivojlanishidagi eng muhim va keskin rivojlanuvchi davrdir. Aynan shu davrda homila tushish ehtimoli kattaligi tufayli unda ayol o'z salomatligiga o'ta e'tiborli bo'lishi talab etiladi. Embrion uzunligi 1.5-2.5 mm bo'lib, u silindr shaklini o'xshatadi. Homila kerakli ozuqani ayol qonidan olmoqda. Aynan shu haftada uning yuragi shakllanadi va uning urishini maxsus Ultra tovushli diagnostika apparatida eshitish mumkin bo'ladi. Bu davrda bolada vujudga kelishi mumkin bo'lgan ayrim tug'ma nuqsonlarni ol
...
Читать дальше »
Seshanba00:51
![]() Onaning holati Toksikozdan qiynalayotgan ayollar quyidagi maslahatlarga amal qilsalar, toksikoz namoyondalari kamroq bilinadi: Kun davomida tez-tez lekin oz- ozdan yeyish; Ertalabki birinchi nonushtani karavatdan turmasdan yotgan holda yeyish; Oqsilga boy mahsulotlar toksikoz alomatlarini kamaytirgani tufayli ulardan ko'roq ist'emol qilish. Shu davrda homilador ayol o'ziga juda ehtiyot bo'lishi, o'tkir harakatlar qilmasligi, sakramasligi, zinalardan yiroqroq yurish, poshnali tuflidan 9 oyga voz kechish va vannaxonada sirpanib ketishdan ehtiyot bo'lish kerak bo'ladi. Homilador ayollarda ovqatlanish tarzi butunlay o'zgarib ketishi mumkin. Birdan shirinlikka yoki sho'r mahsulotlarga talab paydo bo'lib qoladi. Yoki umuman ovqatlanishdan bosh tortadiganlar ham bo'ladi. Kimdir esa ko'p yeyishga o'tadi. Lekin shunday ayollar borki, homiladrolik davrida hech qanday o'zgarishni his qilmay xuddi oldindagidek hayot tarzini davom etadilar. Bir nima yeyishni istab qolsangiz, uni imkon qadar topib yeb olganingiz lozim. Agar u foydasiz shirinlik, shokolad, pivo kabi mahsulot bo'lsa, u holda ularning o'rnini bosuvchi va shu bilan birga sizni ehtiyojingizni qondirib bolani salomatligiga zarar bermaydigan
...
Читать дальше »
Seshanba00:49
![]() Onaning holati Ko'p ayollar bu davrda quyidagi jismoniy va psixologik ko'rinishlarini his etadilar: ko'ngil aynish, qusish, so'lakning keskin ajralib chiqishi; ich qotishi; jig'ildoq qaynashi, qorinda gazlar yig'ilishi, ovqat hazm qilish tizimining buzulishi; ishtahaning o'zgarishi; ovqatlarga nizbatan kuchli nafrat yoki ehtiyoj paydo bo'lishi; ko'krak bezlarining oz'garishi: kattalashishi, uchlarining atrofi to'qlashishi; bosh og'riqlar namoyon bo'lishi; bosh aylanishi; vahima, qo'rquv, kayfiyatning tez-tez o'zgarishi. Homiladorlikning 2-oyida quyidagi analizlar topshiriladi: Qin mazogi; OITS va sifilis testlari; Qon va siydikning umumiy analizlari; Xorionganodropin gormonini aniqlovchi siydik analizi (uning yordamida homiladorlik ma'qul tarzda o'tayotgani aniqlanadi); Boshqa maxsus tekshiruvlar (agar bundan oldingi homiladorlikda muammolar yoki homila yo'qotilishi sodir bo'lgan bo'lsa). Bolaning holati Homilaning uzunligi 6-9 mm ni, og'irligi esa 0.8 grammni tashkil qiladi. Uning jigari qon yaratish markaziga aylandi. Qizilo'ngach va traxeya rivojlanmoqda. Ingichka ichak bilan ko'krak qismi rivojlanishni endi boshlamoqda. Buyrak usti bezlari shakllanmoqda. Bosh miya intensiv riv
...
Читать дальше »
Seshanba00:46
![]() Onaning holati Ayol bachadoni kattalashgani bilan tashqaridan hali homiladorlik bilinmaydi. Toksikoz alomatlari saqlanibgina qolmay kuchayishi ham mumkin. Ayrim ayollarda tomirlarning kengayishi namoyon bo'lishi mumkin. Buning sababi bachadon tomirlarininig toz tomirlariga bosimi, oyoq tomirlaridagi bosimning ortib borishi, qon hajmining ko'payishi va boshqalardir. Tomir kengayishini ayolning oyoqlarida tormilarning setkasimon bo'lib yoyilib qolishidan ko'rsa bo'ladi. Tomir kengayishi homiladorlikning dastlabki kunlarida boshlanib homiladorlikning oxirgi davrida ayolga qiyinchiliklar tug'dirib qo'yishi mumkin. Uni oldini olish maqsadida quyidagilarga amal qilish kerak: Vazn o'ta oshib ketishini nazorat qiling, yog'li va uglevodli mahsulotlar(shirinliklar, tortlar)dan kamroq iste'mol qiling; Uzoq vaqt o'tirish yoki turishdan xoli bo'ling; O'tirganingizda oyoqlaringizni son balandligiga ko'tarib qo'ying; Yotganda oyoqlar ostiga ko'rpa yoki yostiq qo'yib yoting; Og'irlik ko'tarmang; Siqadigan kiyim kiymang; Toza havoda ko'p aylaning; Vitamin C ga boy mahsulotlardan ko'proq iste'mol qiling. Bolaning holati Homila uzunligi 8-11 mm bo'lib, og'irligi 1.5 grammni tashkil qilmoqda. Ko'rini
...
Читать дальше »
Seshanba00:45
![]() Onaning holati To'qqizinchi hafta juda muhim hafta hisoblanadi. Chunki bu davrga kelib ayol tuxumdonidagi sariq moddaning gormon ishlab chiqarish faoliyati sustlanib ushbu faoliyatni asta sekinlik bilan yo'ldosh o'z zimmasiga olishi kuzatiladi. Yo'ldoshning shu davrga kelib qanchalik rivojlanganligi homiladorlik normal davom etishiga ta'sir ko'rsatadi. Agar yo'ldosh yetarlicha rivojlangan bo'lsa, u holda u kerakli gormonlarni ishlab chiqarishni o'z zimmasiga oladi, lekin uning rivojlanishi kechikkan bo'lsa, u holda homilaning tushish ehtimoli vujudga keladi. Agar sizda qalqonsimon bez muammolari mavjud bo'lsa, bu davrda endokrinolog bilan maslahatlashish maqsadga muvofiq bo'ladi. Onaning qalqonsimon bez faoliyatining buzulishi homilaning qalqonsimon bezi faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Shuning uchun edokronologning tavsiyasi bilan kerakli muolajani olish foydadan xoli bo'lmaydi. Ba'zida qinda ozgina sariq ajralishlar kuzatilishi mumkin. Bu narsa tabiiy bo'lib, sizni bezovta qilmasligi kerak. Bolaning holati Homila uzunligi 13-15 mm bo'lib, og'irligi 2 grammni tashkil qilmoqda. Embrionning beli bukilgan holatdan asta sekinlik bilan to'g'rilanib kelmoqda. Boshi hali ham ko'kr
...
Читать дальше »
Seshanba00:45
![]() Onaning holati Gormonlar miqdorining ko'pligi ayol jismoniy va ruhiy holatiga katta ta'sir o'tkazmoda. Asta sekinlik bilan bel yo'qolishi boshlamoqda. Toksikoz alomatlari bo'lajak onani kuchli bezovta qilmoqda. Agar toksikoz tufayli ayol ko'p vazn yo'qotib, ko'p qusayotgan bo'lsa, u holda ginekologga murojaat qilish tavsiya qilinadi. Qusish natijasida ayolning suvsizlanishi homilaga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Homilador ayollarda ich qotishi tez-tez uchrab turadi. Homiladorlikning 1-trimestrida ortiqcha kuchanish mumkin emas. Vujudga kelishi mumkin bo'lgan gemmoroyni oldini olish maqsadida ayol meva va sabzavotlar, qaynatilgan loviya, turshak va uning sharbati, olxo'ri sharbatidan iste'mol qilib turishi kerak. Homilador ayollarga klizma qilish man etiladi, chunki u bachadon mushaklariga ta'sir qilib homilani tushib qolishiga olib kelishi mumkin. Yotishdan oldin 1 stakan qatiq ichish ham ich qotishini oldini oladi. Bolaning holati Homilaning uzunligi 27-35 mm bo'lib, og'irligi taxminan 4 grammni tashkil qilmoqda. Homiladrolkning 10-haftasida homila tanasining umumiy parametrlari shakllanib bo'lib, keyingi 6.5 oyda ular rivojlanishda davom etadilar. Homilaning shu paytgacha ma
...
Читать дальше »
Seshanba00:43
![]() Onaning holati Bu davrda onani quyidagi holatlar bezovta qilishi mumkin: - charchov; - uyquchilik; - tez-tez siydik qistashi; - ko'ngil aynish va qusish; - so'lakning ko'p ajralishi; - jig'ildoq qaynashi; - gaz yig'ilishi; - ko'krak bezlarining o'zgarishi (kattalashgani, tajanglashgani, ko'krak uchinining chiqib qolishi, va rangi o'zgarishi); - qorin va oyoqlarda tomirlarning kengayishi; - bosh og'rishi; - kayfiyatning o'zgaruvchanligi. Har kuni kamida 2-3 soat davomida toza havoda aylanib yurish, chiroyli narsalarga qarab, yoqimli musiqa eshitish haqida unutmang. Bolaning holati Homilaning uzunligi - 55 mm, og'irligi 7 gramm atrofida. Homila nafaqat qimirlayapti, balki onaning harakatlari (kulishi, yo'talishi)ga javob ham qaytarmoqda. Uning qo'lchalari ushlash harakatlarini amalga oshirmoqda. Endi homila hid seza oladi. Ona yeyayotgan ovqatning hidini homila ham his eta oladi. Qon-tomir tizmi shakllanishni tugatmoqda. Shakllanish jarayonida onaga tashqi muhitning salbiy ta'siri homilada yurak kasalliklar paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun 1-trimestr homilani himoya qilish va tashqi muhitdan asrashda eng muhim davr. Tashqi muhit ta'siriga har xil dori vosit
...
Читать дальше »
|
Reklama